Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATIning
Qarori
1993 YILGI DAVLAT PUL-KREDIT SIYOSATINING BOSh YOʻNALIShLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Oliy Kengash oʻn ikkinchi sessiyasida hozirgi voqealar toʻgʻrisida soʻzlagan nutqida bayon etilgan qoidalar va xulosalarga amal qilib, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi yuzasidan Milliy bank raisi R. S. Azimovning qilgan maʼruzasini, shuningdek 1993-yil birinchi kvartalida xalq xoʻjaligining ish yakunlari hamda iqtisodiy islohotning borishi toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilish chogʻida Vazirlar Mahkamasida respublika banklarining faoliyati har tomonlama koʻrib chiqilganligini eʼtiborga olib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Oliy Kengash Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasining takliflari qabul qilinsin va 1993-yilgi Davlat pul-kredit siyosatining bosh yoʻnalishlari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (B. S. Hamidov) Bosh yoʻnalishlarining III boʻlimiga quyidagi mazmundagi qoʻshimcha kiritish xususidagi taklifi qabul qilinsin:
“Xalq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirishga va ijtimoiy ehtiyojlarga sarmoyalar ajratish sezilarli darajada oshganligi munosabati bilan ana shu maqsadlar uchun tijorat banklariga ajratilgan resurslar evaziga toʻlov obyektlar qurilishi tugallanib, ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, dastlabki foyda olinganidan keyin undirila boshlanishi belgilab qoʻyilsin”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-iyun,
891-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 7-son, 290-modda)