Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.01.2016 09.10.2015 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.01.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-yanvardagi 13-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qarorining 1-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, 2016-yil 1-yanvarga qadar avtotransport vositalaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) eksport qilish Vazirlar Mahkamasining “2015-yilda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish hamda ulardan foydalanishning prognoz parametrlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi 334-son qarori bilan tashkil etilgan Respublikaning ichki bozorida mevalar, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka va uzumdan, shu jumladan dukkakli mahsulotlardan oqilona foydalanish, shuningdek eksportga yetkazib berishni tashkil etish masalalarini hal etish boʻyicha Ishchi guruh tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublikaning ichki bozorida mevalar, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka va uzumdan, shu jumladan dukkakli mahsulotlardan oqilona foydalanish, shuningdek eksportga yetkazib berishni tashkil etish masalalarini hal etish boʻyicha Ishchi guruh 2016-yil 1-yanvarga qadar avtotransport vositalaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum (TIF TN kodi 07-08) eksportini amalga oshiradigan yuridik shaxslar roʻyxatini uch kun muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 41-son, 527-modda)