Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI I.A. KARIMOVNING IKKINChI ChAQIRIQ OLIY MAJLISNING BIRINChI SESSIYASIDAGI MAʼRUZASI YUZASIDAN
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning davlat va jamiyat qurilishining bosh maqsad va vazifalari belgilab berilgan maʼruzasini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan taklif etilgan siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarni yanada rivojlantirishga, sud-huquq islohotini amalga oshirishga, tinchliksevar tashqi siyosatni oʻtkazishga, Oʻzbekiston xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan yoʻl davlat va jamoat tashkilotlari uchun faoliyat dasturi deb hisoblansin.
2. Maʼruzaning dasturiy xulosalari ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis, uning qoʻmita va komissiyalarining faoliyatiga asos qilib olinsin, belgilanayotgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarishning qonunchilik asoslari taʼminlansin, qabul qilingan qarorlarning ijrosi ustidan parlament nazorati toʻlaroq amalga oshirilsin.
3. Davlat organlari va jamoat birlashmalari demokratiya institutlarini qatʼiyat bilan rivojlantirib borsinlar, erkin shaxsni kamol toptirishga va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga butun choralar bilan koʻmaklashsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 11-fevral,
11-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 45-modda)