Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-oktabrda 1773-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 30-yanvardagi 16-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1773, 2008-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalarga (OʻzR AQ-92) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-sentabr,
66-n-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “CAT II-III” degan qisqartma “CAT I-II-III” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
2. 116-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Gʻarbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (FFS)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, minimumning berilishi va berilgan minimumning tasdiqlanishi, UTTDga muvofiq minimumning CAT II-III gacha (IL-114-100 HK uchuvchilari uchun CAT I gacha) kamaytirilishi, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq minimum boʻyicha qoʻnishga kirishish va qoʻnishlarni bajarish boʻyicha mashqlar va turli koʻrinishdagi parvozlarga tayyorgarlik uchun SMTda SIM CNECK tekshiruvlari oʻtkaziladi;”.
3. 117-banddagi “Sharqda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibiga berilgan minimumni tasdiqlash UTTDga muvofiq,” degan soʻzlar “Uchuvchilar tarkibi uchun mazkur Qoidalarning III, IV va VI boblarida koʻrsatilgan trenajyor tayyorgarligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 136-bandning “b” kichik bandidan “uchish uzoqda joylashgan radio marker RUURning belgilangan chegarasini oʻtish balandligigacha, lekin” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 137 va 140-bandlar “gʻarbda ishlab chiqarilgan” degan soʻzlardan keyin “hamda Il-114-100” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 143-band “Gʻarbda ishlab chiqarilgan” degan soʻzlardan keyin “hamda Il-114-100” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 238-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“238. Gʻarbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HK komandirlari SMT (FFS)da tegishli tayyorgarlikni oʻtganidan soʻng, aerodromlarda mustaqil parvozlarga ruxsatnomani olishlari mumkin. Bunda, HKK ushbu aerodromga kamida 3 ta uchish va qoʻnishga kirishishni bajarishi lozim, SMT (FFS) esa ushbu aerodromda mashq qilish uchun sertifikatlashtirilgan boʻlishi lozim. Olingan ruxsatnoma HK komandiri parvoz daftarchasining “Aerodromlarga va trassalar boʻyicha parvozlarga ruxsat etish” boʻlimida “SMT (FFS)” qoʻshimcha yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.”.
8. 248-bandning “g” kichik bandida:
“Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi” degan soʻzlardan keyin “va Il-114-100 HK” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“IL-114-100 HKlari komandirlari uchun parvoz mashqlari faqat aerodrom sharoitlarida oʻtkaziladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. 249-bandda:
“e” kichik band “hamda SAT I yoki avval berilgan minimum boʻyicha qoʻnishga kirishish bilan SMT hajmida trenajer tekshiruvlari (Il-114-100 HKning uchuvchilari uchun)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z) aerodrom sharoitlarida (MMShda kamida oltita qoʻnishga kirishish va toʻrtta qoʻnish, ulardan ikkitasi kechasi) yoki ishlab chiqarish parvozlarida (MMShda kamida toʻrtta qoʻnish, ulardan ikkitasi kechasi) (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning komandirlari uchun), ikkinchi uchuvchilari uchun esa — ikkita parvoz (ulardan bittasi kechasi). Boshqa ekipaj aʼzolari uchun (shturman, bortmuhandis, bortmexanik, bortradist) — sutka vaqtidan qatʼi nazar, mutaxassislik boʻyicha instruktor bilan kamida ikkita qoʻnish. AN-2 HKda parvozlarda uzilishlar boʻlganda mashqiy parvozlar kechasi bajarilmaydi. Aviatsiya-kimyoviy ishlardagi parvozlarda uzilishlar boʻlganda ishlab chiqarish sharoitlarida 5 ta parvoz Komandir-uchuvchilar tarkibi nazorati ostida bajariladi.”;
“i” kichik bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gʻarbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKlarda reys sharoitlaridagi (LINE CNECK) parvoz tekshiruvida HKK (SRT) uchun — kamida toʻrtta parvoz, ikkinchi uchuvchilar uchun esa — kamida ikkita parvoz.
MMSh mavjud boʻlmagan holda, HK bortida yoʻlovchilar boʻlmaganda, yuk va yoʻlovchi samolyotlarida — koʻrishni taqlid qilish tizimi pardachalaridan, OʻShKTdan foydalangan holda, shuningdek shtatdagi shaffof boʻlmagan pardacha orqasida QQB + 30 metrga teng boʻlgan balandlikkacha, HK bortida yoʻlovchilar boʻlganda esa 200 m dan past boʻlmagan uchib oʻtish balandligigacha, ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan maxsus “Uslubiyot” boʻyicha foydalanish bilan qoʻnishga kirishishlarni bajarishga ruxsat etiladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 41-son, 529-modda)