Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 11-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 8-oktabrda 2342-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 11-bandi yettinchi xatboshisi “imzolangan va dumaloq muhr” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-oktabr,
321-V-4-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-oktabr,
85-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-oktabr,
2015-30-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 40-son, 523-modda)