Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻlash manbalarini aniqlash, shuningdek respublikaning mineral-xomashyo bazasini kengaytirish boʻyicha qidiruvchi geologlarning mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-oktabr,
283-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-oktabrdagi 283-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Foydali qazilmalarning yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida geologiya-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga aniqlangan uglevodorod xomashyosining yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari “Oʻzbekneftgaz” MXKning oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi”.
2. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
“Rangli, nodir va asl metallar konlari” boʻlimining nomi chiqarib tashlansin;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 40-son, 519-modda)