30.08.2012 yildagi SQ-324-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 27-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi 228-II-sonli qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yuritilgan muvozanatli pul-kredit siyosati, shuningdek milliy valyutaning barqarorligini va toʻlov qobiliyatini, mamlakat bank-moliya tizimining barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash borasidagi tadbirlarning roʻyobga chiqarilishi monetar omillarning inflatsiya darajasiga taʼsirini jilovlab turishga, inflatsiya darajasi va pul-kredit koʻrsatkichlari tasdiqlangan maqsadli makroiqtisodiy parametrlar doirasida boʻlishini taʼminlashga, iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda, investitsiya jarayonlarida va mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda banklarning ishtirokini yanada kengaytirishga yordam bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida tijorat banklarining umumiy kapitali 30 foizga oshgan, bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi esa 24,2 foizni tashkil etgan, bu umumqabul qilingan xalqaro standartlardan deyarli uch barobar ortiqdir. Bank tizimining joriy likvidligi 65,5 foizni tashkil etgan boʻlib, bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi “2011 — 2015-yillar davrida Oʻzbekiston iqtisodiyotida islohotlar masshtabini kengaytirish va chuqurlashtirish, mamlakatda tadbirkorlik muhitini shakllantirish boʻyicha mezonlar va baholar tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1464-sonli qaroriga muvofiq belgilangan talablardan ikki baravar yuqoridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mudis” xalqaro reyting agentligi tomonidan Oʻzbekiston bank tizimining “barqaror” darajada rivojlanish prognozi tasdiqlangan, “Standart end Purs” xalqaro reyting agentligi esa mamlakat bank tizimining rivojlanish holatini ijobiy baholadi va reyting bahosini bir pogʻona koʻtardi. Jami aktivlari bank tizimi aktivlarining 98 foizidan ortiqni tashkil etadigan mamlakatning 23 ta tijorat banki “Fitch Reytings”, “Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan “barqaror” reyting bahosini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar faoliyati ishonchliligi va samaradorligining eng muhim omili hamda sharti fuqarolarning bank tizimiga boʻlgan ishonchi oʻsishidan iborat. Chunonchi, hisobot yilida fuqarolar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklaridagi depozitlari hajmi 36,3 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning real sektoriga yoʻnaltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 35,6 foizga koʻpaygan, tijorat banklarining umumiy kredit portfelida uzoq muddatli kreditlar salmogʻi 78,9 foizga yetgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga tijorat banklari tomonidan 4,4 trln soʻm miqdorida investitsiya kreditlari berilgan boʻlib, bu 2010-yildagiga nisbatan 35 foizga koʻpdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlarning hajmi 4 trln soʻmdan koʻproqni tashkil etgan boʻlib, bu 2010-yildagiga nisbatan 1,5 barobar koʻp. Jumladan, mikrokreditlar hajmi 752 mlrd. soʻmdan ortgan va bu koʻrsatkich 1,5 barobar koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit tashkilotlarining faoliyati ustidan samarali nazorat amalga oshirilmoqda hamda bank qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning yuqori surʼatlar bilan oʻsishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarishni investitsiyalash va modernizatsiya qilish jarayonida banklarning ishtirokini kengaytirish maqsadida 2012-yilda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirishga eʼtiborni kuchaytirish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq bank faoliyati sohasiga oid amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutaning barqarorligini va toʻlov qobiliyatini yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan muvozanatli pul-kredit siyosatini yuritishni izchil davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish hamda fuqarolar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh turgan pul mablagʻlarini uzoq muddatli depozitlarga jalb qilishni ragʻbatlantirish hisobiga bank tizimining moliyaviy barqarorligini va resurs bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan bank investitsiyalari hamda kreditlari hajmlarini yanada koʻpaytirish va samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish va sifatini yanada yaxshilash, ayniqsa qishloq joylarda, xususan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes-rejalarini moliyalashtirishga kreditlar va mikrokreditlar ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyati sohasiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tegishli qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga yuborsin hamda yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga eʼtiborni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PQ-1438-sonli qarorida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2012-yilga moʻljallangan maqsadli makroiqtisodiy koʻrsatkichlari bajarilishiga yoʻnaltirilgan muvozanatli va samarali pul-kredit siyosati yuritilishini davom ettirsin, bunda pul massasini tartibga solishning bozor vositalaridan keng va samarali foydalansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutaning almashuv kursi barqarorligini taʼminlashga, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan valyuta siyosatini yuritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining yanada kapitallashuvi, fuqarolar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh turgan pul mablagʻlarini bank depozitlariga jalb qilish va ulardan samarali foydalanish borasidagi ishni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining faoliyatini xalqaro standartlar va prinsiplarga muvofiq baholash, tartibga solish hamda nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari korporativ boshqaruv organlarining roli va masʼuliyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida banklarning faoliyatini kengaytirish va ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hamda mikrokreditlashni koʻpaytirish borasidagi faoliyatni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tizimini yanada isloh qilish va samaradorligini oshirish boʻyicha qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlarining mazmun-mohiyatini, ahamiyatini va ularni amalga oshirish mexanizmlarini tushuntirish yuzasidan joylarda muntazam ravishda seminarlar oʻtkazib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, bank faoliyati subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha aksiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi jadal faoliyat hisobiga banklarning kapitallashuv darajasi yanada oshishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh turgan pul mablagʻlarini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni yanada faollashtirish yoʻli bilan banklarning barqaror va uzoq muddatli resurs bazasini oshirsin, shuningdek kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlik borasidagi ishlarni kuchaytirsin va xalqaro reyting baholarini muntazam yangilab borish boʻyicha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va modernizatsiya qilish, eksport qiluvchi korxonalarni, isteʼmol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni kreditlash boʻyicha tadbirlarni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank aktivlarining, shu jumladan kredit portfelining sifatini yaxshilash, bank tavakkalchiliklarini samarali boshqarish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni muntazam ravishda koʻrib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hajmlarini oshirsin hamda ayniqsa qishloq joylarda yangi ish oʻrinlari tashkil etishga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes-rejalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mikromoliyaviy xizmatlar turlarini kengaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturida, shuningdek hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilgan vazifalar oʻz vaqtida hamda samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) ushbu Qarorning bajarilishi haqida 2013-yil 1-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (A. Altiyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-324-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 8-son, 210-modda)