Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2005 18.10.1994 yildagi 28-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolarning xoʻjalik sudlari sudloviga tegishliligi (taalluqliligi)ga doir ayrim masalalar haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 31-martdagi 129-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 2-moddasiga muvofiq, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shu jumladan kolxozlar, yakka tartibdagi korxonalar, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlarining qoʻshma korxonalari hamda xalqaro birlashmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va oʻzga organlar, boshqa shaxslar oʻzlarining buzilgan yoki bahsga sabab boʻlgan yoxud qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun xoʻjalik sudlariga murojaat etishga xaqlidirlar. Xoʻjalik sudiga, shuningdek tadbirkor fuqarolar murojaat etishga xaqlidirlar. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, mulkchilik subyektlarining tovar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish hamda foyda yoki daromad olishga qaratilgan, amaldagi qonun hujjatlari doirasiga tashabbuskor faoliyati tadbirkorlik faoliyati, deb eʼtirof etiladi. Fuqaro davlat roʻyxatidan oʻtish orqali tadbirkor maqomiga ega boʻladi. Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma bunday maqomga egalikni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish, ijro etish va tutatish chogʻida yuzaga keladigan nizolarni, shuningdek Xoʻjalik protsessual kodeksining 12-moddasi 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan, boshqaruv sohasidagi huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etadi. Xoʻjalik sudi basharti, qonunlarda belgilangan boʻlsa, boshqa nizolarni ham koʻrishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bogʻliq masalalarga doir nizolarni hal etish sud tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi davlat mulki obyektlarini boshqaruvchilarga berilgan. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishni oʻtkazish tashabbusi bilan, shuningdek fuqarolar, davlatga qarashli boʻlmagan yuridik shaxslar, mehnat jamoasi chiqishi mumkin. Bu holda ular tegishli talabnoma berishga xaqlidirlar. Davlat mulki obyektlarini boshqaruvchi Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasining davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish toʻgʻrisidagi talabnomani qanoatlantirish yoki rad etish haqidagi qarori davlat boshqaruv organining normativ xususiyatiga ega boʻlmagan hujjati deb hisoblanadi, binobarin uni haqiqiy emas, deb topish toʻgʻrisidagi nizo manfaatdor tashkilotning daʼvosi boʻyicha xoʻjalik sudlarida koʻrilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasining organi tomonidan talabnoma boʻyicha qaror qabul qilish uchun qonunda belgilangan 2 oylik muddatga rioya etilmayotgan boʻlsa yoxud qaror mol-mulkini boshqaga mulk qilib berish toʻgʻrisida qabul qilingan boʻlsa-yu, berilgan talabnomaning mohiyati boʻyicha javob yoʻq boʻlsa, arz qiluvchi xoʻjalik sudiga himoya qilishni soʻrab murojaat etishga haqlidir. Xoʻjalik sudi bunday murojaatni koʻrib chiqib, Davlat mulki boshqarish qoʻmitasining tegishli organi zimmasiga berilgan talabnomaning mohiyati boʻyicha qaror qabul qilish majburiyatini yuklashi, qabul qilingan qarorni esa haqiqiy emas, deb topishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudining qarorini ijro etmaganlik uchun, ushbu qarorni ijro etishi shart boʻlgan mansabdor shaxs umumiy sud qarorini ijro etmaganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 18-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-son