24.03.2012 yildagi SQ-306-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.03.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalaridagi ijrosi” yuzasidan parlament eshituvi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining chora-tadbirlar dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalaridagi ijrosi yuzasidan parlament eshituvi oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. Xaitov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi M.Xujamberdiyevning axborotini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor vazirliklar, tarmoqlarning xoʻjalik boshqaruvi organlari, barcha bosqichlardagi hokimliklar bilan birgalikda 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi oltita yoʻnalishining hammasi boʻyicha mamlakat mintaqalarida tizimli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, investitsiya dasturlarini, mahalliylashtirish dasturlarini, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologiya bilan qayta jihozlash, kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni, uy mehnatining barcha shakllarini, xalq hunarmandchiligini, shuningdek oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fermer va dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish hamda kengaytirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, vaqtincha ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash tarmoq dasturlari doirasida ish oʻrinlari tashkil etishning tasdiqlangan parametrlari bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi 101,5 foizga bajarilgan, yaʼni 970,9 mingta yoki koʻzda tutilganidan 14,6 mingta koʻp ish oʻrni tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi, kichik biznesni rivojlantirishning hududiy dasturlari, kichik biznes subyektlari uchun qulay tadbirkorlik muhitini, shuningdek ular tovar-xom ashyo resurslaridan foydalanishi uchun sharoitlarni yaratishga, kichik biznesni kreditlashni kengaytirishga qaratilgan qonun hujjatlari bajarilishi ham Dasturni roʻyobga chiqarishni ragʻbatlantiruvchi omillardan biri boʻldi. Natijada 15 mingdan ortiq kichik korxona va mikrofirma faoliyat yurita boshlagan va tegishincha 368,5 mingta ish oʻrni (100,7 foiz) tashkil etilgan. Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlikning rivojlanishi munosabati bilan 113,1 mingta yangi ish oʻrni (101,1 foiz) tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq xoʻjaligini va uning tarkibidagi tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, chorvachilikka, parrandachilikka, baliqchilikka, bogʻdorchilikka, meva-sabzavot mahsulotini qayta ishlash va saqlashga ixtisoslashgan fermer hamda dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, issiqxona xoʻjaliklarini barpo etish 126,6 mingta ish oʻrni (103,4 foiz) tashkil etilishini taʼminlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollejlarning 430,3 ming nafar bitiruvchisining bandligini taʼminlash yuzasidan ularning tegishli korxonalarga ishga joylashtirilishini nazarda tutadigan aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Kollejlarning bitiruvchilarini ishga joylashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-iyuldagi “Taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4232-sonli Farmoni bilan belgilangan imtiyozlar keng qoʻllanilganligi, kollejlarning bitiruvchilariga oʻz biznesini ochishda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berilganligi hamda turli davlat tuzilmalari yordam koʻrsatganligi muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida 2011-yil oxirigacha bitiruvchilarning 402,4 ming nafari yoki 93,6 foizi ishga joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining kam taʼminlangan toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor berilgan. 2011-yilda zaxiralangan (kvotalangan) ish oʻrinlariga 9,6 ming nafar nogiron (2010-yildagiga qaraganda 2 baravar koʻp), 3,7 ming nafar yosh bolali ishlamaydigan ayol (133 foiz), 5,5 ming nafar muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxs (122,3 foiz) ishga joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kerakli mutaxassisliklar (tikuvchilar, toʻquvchilar, elektriklar, payvandchilar, boʻyoqchilar, suvoqchilar, kompyuter texnikasi operatorlari, gilamdoʻzlik, ganchkorlik, charm, yogʻoch, metall, shishadan badiiy buyumlar tayyorlash, milliy qandolatchilik va boshqalar boʻyicha mutaxassislar) boʻyicha ishga joylashtirishni taʼminlash maqsadida 24,2 ming nafar ishsizni kasbga tayyorlash amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining tizimli monitoringi amalga oshirilgan. Erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda monitoring jarayonida ayrim tumanlarda tasdiqlangan parametrlar yil davomida oʻz vaqtida bajarilmayotganligi aniqlangan. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu tumanlarda 2011-yil yakunlari boʻyicha ish oʻrinlari tashkil etish parametrlari oʻz vaqtida bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ayrim hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga belgilab qoʻyilgan yengilliklar, imtiyozlar va preferensiyalar berilishini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni oʻz vaqtida roʻyobga chiqarish, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlik rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga yetarli eʼtibor berilmagan. Oqibatda bu sohada ish oʻrinlari tashkil etishning prognoz parametrlari Toshkent shahrining Bektemir tumanida (94,9 foiz), Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida (96,5 foiz), Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida (96,6 foiz), Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida (96,6 foiz), Namangan viloyatining Mingbuloq (97,6 foiz) va Uchqoʻrgʻon (98,8 foiz) tumanlarida toʻliq bajarilmagan. Kamchiliklarni bartaraf etish uchun yuqoridagi tumanlarning hokimliklari bilan birgalikda ish rejalari ishlab chiqilgan boʻlib, ularga muvofiq 2012-yilda ushbu tumanlarda 27,4 mingta ish oʻrni tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq axborotni tahlil qilish bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishga rasmiyatchilik bilan qarash mavjudligini, ular tomonidan ish oʻrinlari tashkil etilganligi haqida yolgʻon hisobotlar berilganligini, Davlat bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari talon-toroj qilinganligini va boshqa huquqbuzarliklar mavjudligini koʻrsatdi. Xususan, tashkil etilgan ish oʻrinlari monitoringini va hisobini yuritishda kamchiliklar, shuningdek ish oʻrinlari tashkil etish toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlarini oshirib koʻrsatish hollari Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida aniqlangan. Koʻrilgan choralar natijasida ish oʻrinlari tashkil etilganligi haqidagi tasdiqlanmagan maʼlumotlar hisobotlardan chiqarilgan, bu kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlar javobgarlikka tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. Xaitov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi M. Xujamberdiyevning Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalaridagi ijrosi toʻgʻrisidagi axborotida qayd etilganlarni eʼtiborga olib hamda senatorlar va ushbu parlament eshituvining boshqa ishtirokchilari tomonidan bildirilgan takliflarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorni Vazirlik hayʼatining majlisida muhokama qilish hamda qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida xabardor qilish, ishsizlik boʻyicha nafaqalarni toʻlash va aholi bandligini taʼminlash borasida boshqa xizmatlar koʻrsatish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va 2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini bajarishda ularga yoʻl qoʻyilmasligini alohida nazoratga olish hamda bu borada mintaqalarga amaliy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini bajarish maqsadida hududiy boʻlinmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlarning hokimliklari bilan birgalikda ushbu dasturni roʻyobga chiqarishga doir axborotning har oylik monitoringini yuritish, tahlil qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish, shuningdek yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini roʻyobga chiqarishning borishini ommaviy axborot vositalarida tizimli yoritish boʻyicha choralar koʻrish, xususan zarur axborotni aholiga oʻz vaqtida yetkazish maqsadida davlat va nodavlat teleradio eshittirish tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining tizimli monitoringini amalga oshirish, barcha mintaqalar va yoʻnalishlar boʻyicha ish oʻrinlari tashkil etish toʻgʻrisidagi hisobotlarning toʻgʻriligini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilangan tartibda ishlab chiqsin hamda ular soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining rahbarlari, tegishli soha qoʻmitalari va doimiy komissiyalari raislari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida, tegishli soha qoʻmitalari va doimiy komissiyalarining majlislarida muhokama qilish jarayoni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali keng yoritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari va tijorat tuzilmalari bilan ijtimoiy sheriklik asosida 2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining monitoringini amalga oshirsin, ularni mazkur masalani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida, tegishli soha qoʻmitalari va doimiy komissiyalari majlislarida muhokama qilishga jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida, tegishli soha qoʻmitalari va doimiy komissiyalarining majlislarida 2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishi uchun masʼul boʻlgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitib borsin, bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmatlar va servis sohasini, uy mehnatining barcha shakllarini, yangi ishlab chiqarish obyektlari, infratuzilma obyektlarini qurishni va ishlab turganlarini kengaytirishni, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklashni rivojlantirishga alohida eʼtiborni qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining parametrlari roʻyobga chiqarilishi ustidan deputatlik nazorati amalga oshirilishi samaradorligiga eʼtiborni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollejlarning bitiruvchilari aniq korxonalarga biriktirib qoʻyilishi, ular ishlab chiqarish amaliyotini oʻtab, keyinchalik ishga joylashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi toʻgʻrisidagi masalaning monitoringi oʻtkazilishini va tegishli soha qoʻmitalari hamda komissiyalari majlislarida muhokama qilinishini tashkil etsin, bitiruvchilarga oʻz ishini tashkil etishda yordam berishga doir choralarni roʻyobga chiqarsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri (A. Xaitov), Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri (G. Saidova), Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (B. Xodiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (B. Toʻrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari ushbu qarorni ijro etishning borishi toʻgʻrisida 2013-yil 10-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (M. Xujamberdiyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-306-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 3-son, 78-modda)