24.03.2012 yildagi SQ-305-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.03.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yilda davlat boshqaruvi organlari, xuquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2011-yilda davlat boshqaruvi organlari, xuquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, oʻtgan yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil roʻyobga chiqarish borasida muayyan ish qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari yuridik xizmatlari xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek ularning davlat boshqaruvi organlari faoliyatini huquqiy taʼminlash sifati yuqori darajada boʻlishi uchun masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar roʻyobga chiqarilgan. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, shuningdek qonuniylikni mustahkamlash borasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga koʻra, shuningdek vazirlik tashabbusi boʻyicha 71 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi, jumladan 20 ta qonun loyihasi tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi hamda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi monitoringi oʻtkazilgan, monitoring natijalari Hukumat majlisida muhokama etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yili vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan taqdim etilgan 1101 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi amalga oshirilgan. Bundan tashqari, 336 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi belgilangan talablarga mos boʻlmaganligi tufayli qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari qonuniyligini taʼminlash boʻyicha ishlar davom ettirilgan. Huquqiy ekspertiza qilish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 2011-yilda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan 423 ta normativ-huquqiy hujjat taqdim etilgan boʻlib, shulardan 301 ta hujjat roʻyxatdan oʻtkazilgan, 99 ta hujjatni esa (23,4 foiz) normativ-huquqiy hujjatlarni taqdim etish tartibi buzilganligi, ular qonun hujjatlariga yoki qonunchilik texnikasi qoidalariga mos boʻlmaganligi tufayli davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norma ijodkorligi faoliyati masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralarga normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, davlat roʻyxatidan oʻtmagan hujjatlarni bekor qilish yoki ijrodan chaqirib olish toʻgʻrisida hamda boshqa masalalar boʻyicha 82 ta taqdimnoma kiritilgan boʻlib, buning natijalariga koʻra 10 ta qonunga xilof hujjat bekor qilingan yoki ijrodan chaqirib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari, chet ellik investorlarning, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi vaziyatni tahlil qilish yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibini belgilash masalalarida huquqiy nuqsonlar borligini (masalan, yuridik shaxslarning murojaatlarini topshirish tartib-taomillari bilan bogʻliq jihatlar va ularni koʻrib chiqish mexanizmi yoʻqligi va boshqalar) koʻrsatdi, buning natijasi oʻlaroq, yuridik shaxslarning murojaatlarini davlat organlari tomonidan koʻrib chiqish vaqtida koʻp sonli qoidabuzarliklar sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida 2071 nafar tinglovchi, shu jumladan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish uchun masʼul xodimlari taʼlim olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda aholiga qonun hujjatlari bilan Internet tarmogʻi vositasida tezlik bilan tanishish imkonini beradigan “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi” (LexUZ) tizimi qariyb 23600 ta normativ-huquqiy hujjatni, xalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarorlarini qamrab oldi. Hozirgi kunda ushbu tizimga 15400 ta doimiy foydalanuvchi: davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslar ulangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari boʻyicha joylarda 56283 ta tadbir oʻtkazilib, ularda qariyb ikki million kishi ishtirok etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonuniylikka va qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Mazkur vazifalarni roʻyobga chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida tashkil etilgan Qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan 2011-yilda 23 ta davlat organi tizimida 39 ta oʻrganish oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jumladan prokuratura organlari, nazorat tuzilmalari, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishining holati oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar natijasida mazkur davlat organlari faoliyatida ijobiy jihatlar bilan birga qator kamchiliklar, shu jumladan besh mingga yaqin qonun hujjatlarini buzish hollari aniqlangan. Bunday vaziyat tubdan choralar koʻrishni, shu jumladan qonun normalarini qoʻllash vaqtida davlat organlari mansabdor shaxslarining masʼuliyatini kuchaytirishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, shuningdek bu sohada huquqni qoʻllash amaliyotidagi muammolar va kamchiliklarni hal qilish zaruriyati mavjud. Baʼzi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilarning davomat darajasi 60 foizni tashkil etadi, moddiy-texnika taʼminoti va pedagog kadrlar bilan taʼminlashda kamchiliklar bor, oilada taʼlim olish, mustaqil taʼlim olish, eksternat masalalarini huquqiy tartibga solishda muammolar mavjud (ushbu masala hozirgi vaqtda mamlakatda olti mingdan ortiq nogiron taʼlim olayotganligi munosabati bilan ham dolzarbdir).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tadbirkorlik sohasida ruxsatnomalar berish borasidagi faoliyati yanada takomillashtirishga muhtoj. Shaharsozlikda va shaharsozlik faoliyatida davlat normalari hamda qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, amalga kiritish va qayta koʻrib chiqish mexanizmi yoʻqligi munosabati bilan amaliyotda bunday normalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qonunga xilof hujjatlarida asossiz cheklovlar va toʻlovlar belgilanishi bilan oʻz aksini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining boj imtiyozlarini qoʻllashdagi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida huquqiy nuqsonlar mavjud boʻlib, buning natijasida huquqni turlicha qoʻllash amaliyoti paydo boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining faoliyatida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkalarini va alohida ahamiyatli sugʻoriladigan unumdor yerlarni maqsadga nomuvofiq ajratish, yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotlarni tayyorlash jarayonida ishonchsiz maʼlumotdan foydalanish, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ bahosini notoʻgʻri hisoblash, yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzish vaqtida qonun hujjatlarining talablariga rioya qilmaslik hollari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarida, ayniqsa ularning hududiy boʻlinmalarida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash belgilangan talablarga javob bermaydi. Koʻpchilik hollarda fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlari buzilmoqda. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari va ular boʻyicha qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida javoblarni taqdim etmaslik hollari mavjud (Jizzax viloyati boʻyicha budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari va bandlikka koʻmaklashish hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy markazlari), kelib tushayotgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish amaliyoti mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining huquqni qoʻllash amaliyotida qonun hujjatlarini buzish hollari vujudga kelishi uchun sharoit tugʻilishining sabablari nazorat, shu jumladan idoraviy nazorat yetarli darajada samarali emasligida; baʼzi davlat organlari qonunbuzarliklarning sabablarini emas, balki ularning oqibatlarini bartaraf etishga eʼtibor qaratayotganligida; tizimli asosda qonunbuzarliklar sodir etish uchun sharoit yaratayotgan qonunga xilof idoraviy norma yaratish amaliyoti mavjudligida; davlat organlari xodimlarining huquqiy bilim darajalari past boʻlib, bu hol qonun hujjatlarini notoʻgʻri talqin qilish va qoʻllashga olib kelayotganligida; qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlar va bir-birini takrorlaydigan normalardan iborat ekanligidadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalarining qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash faoliyatini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari E. Kanyazovning 2011-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari faoliyatida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar dasturini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga xilof yoxud qonun hujjatlariga zid hujjatlar va qarorlar qabul qilish hollarining oldini olish uchun vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining norma yaratish faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikdagi “oq dogʻlar”ni bartaraf etish maqsadida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek bir-birini takrorlaydigan yoki dolzarbligini yoʻqotgan normalar va qoidalar bekor qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B. Xodiyev) hamda Xalq taʼlimi vazirligi (T. Shirinov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, shu jumladan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi moddiy-texnika hamda kadrlar bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga alohida eʼtibor bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish borasidagi ishni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (B. Zokirov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik sohasida ruxsatnomalar berishda qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini tanqidiy oʻrganib chiqsin, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlikda va shaharsozlik faoliyatida davlat normalari va qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, amalga kiritish va qayta koʻrib chiqish mexanizmini belgilangan tartibda tayyorlasin hamda roʻyobga chiqarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (Z. Dusanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qoidalariga ogʻishmay rioya etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-birini takrorlaydigan yoxud dolzarbligini yoʻqotgan normalarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida bojxona organlarining huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli asosda tahlil qilish va umumlashtirishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (S. Arabov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer fondidan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha faoliyatni tanqidiy oʻrganib chiqsin va yer bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan choralarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (N. Yoʻldoshev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini oʻtkazish vaqtida bir-birini takrorlaydigan yoki qonun hujjatlariga zid boʻlgan normalar va qoidalarni chiqarib tashlashga, havolaki normalarni qisqartirishga, shuningdek protsessual mexanizmlar aniq bayon etilishiga alohida eʼtibor bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etishlari ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy xususiyatdagi qarorlarni rasmiy manbalarda oʻz vaqtida eʼlon qilish boʻyicha qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligini, jamiyatda huquqiy ongni va huquqiy madaniyatni yanada oshirish boʻyicha ishlarni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalarining huquqni qoʻllash amaliyotida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirsin, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tezkor qarorlar qabul qilish uchun tegishli davlat organlariga aniq takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda belgilangan tartibda tashabbus koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga takliflar kiritish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy xususiyatdagi qarorlarini rasmiy manbalarda eʼlon qilishning belgilangan tartibiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyalarda, tegishli soha qoʻmitalarida va doimiy komissiyalarining majlislarida ushbu Qarorni muhokama qilsin hamda mazkur Qarorda belgilangan vazifalarni bajarish borasida oʻz faoliyatini kuchaytirish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B. Xodiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (T. Shirinov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (B. Zokirov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (Z. Dusanov), Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (S. Arabov), Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (N. Yoʻldoshev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari ushbu qarorni ijro etishning borishi toʻgʻrisida 2013-yilning 10-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (S. Artikova) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-305-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 3-son, 77-modda)