Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-sentabrda 1675-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 6-apreldagi 72 va 288-V-5-sonli “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1675-5, 13.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 13-martdagi 30, 288-V-son qarori (roʻyxat raqami 1675, 2007-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 168-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-sentabr,
86-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-sentabr,
288-V-3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-sentabrdagi 86, 288-V-3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandda:
beshinchi xatboshidagi “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi” degan soʻzlar “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “fermer xoʻjaliklari uyushmalarini” degan soʻzlar “Fermerlar kengashlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bu kreditlar boʻyicha imtiyozli foiz stavkasi gʻalla hosilini yetishtirish xarajatlari uchun yillik 5 foiz, paxta hosilini yetishtirish xarajatlari uchun yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, ularning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.”.
3. 14-bandda:
“b” kichik banddagi “DAK” degan qisqartma “AJ” degan qisqartma bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi” degan soʻzlar “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 16-bandning birinchi xatboshisidagi “Fermer xoʻjaliklari uyushmasining vakilligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi vakilligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2015-yil 28-sentabr
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2015-yil 28-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 39-son, 515-modda)