Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shaklini toʻldirish qoidalarining 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-sentabrda 2515-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2515, 2013-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shaklini toʻldirish qoidalarining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Maʼlumot auditorlik tashkiloti rahbari va maʼlumotni tayyorlagan shaxs tomonidan toʻldirilgan sana koʻrsatilgan holda imzolanadi va auditorlik tashkilotining muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
82-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston auditorlar palatasi Kengashi raisi N. KARIMOV
2015-yil 25-sentabr
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TULAXODJAYEVA
2015-yil 25-sentabr
Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi Boshqaruv raisi N. IBRAGIMOV
2015-yil 25-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 39-son, 514-modda)