Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini roʻyxatga olish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 18 nafar deputatdan iborat Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi roʻyxatga olinsin.
2. Ushbu qror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-yanvar,
14-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 1-son, 14-modda)