Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasini roʻyxatga olish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 31 nafar deputatdan iborat Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi roʻyxatga olinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-yanvar,
13-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 1-son, 13-modda)