Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 23.04.1998 yildagi PF-1990-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inlari, mahallalar raislari va kotiblarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini, mas’uliyatlarini yanada oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi PF-5112-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur masalalarning amalga oshirilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya, Mehnat va Ijtimoiy ta’minot vazirliklari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolar yig‘inlari va mahallalar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yilning oxirigacha fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini chuqur tahlil qilib, ularga amaliy yordam berish tadbirlarini joriy etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar va fuqarolar yig‘inlari samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berib, ulaning asosiy faoliyatini aholini ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb etishni ta’minlashga, maishiy-xo‘jalik, madaniy-ma’rifiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi jamoat tashkilotlarining ish faoliyatlarini mahallalar bilan uzviy bog‘langan holda olib borishni tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda shaxsan hokimliklarning mas’ul ekanliklari ta’kidlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1990-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 65-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)