21.12.2011 yildagi 423-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B.Y. Hodiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.A. Haitovning kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ish bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishining holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B.Y. Hodiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.A. Haitovning kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ish bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishining holati toʻgʻrisidagi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, mazkur masalani hal etish uchun Oʻzbekistonda zarur huquqiy asos yaratilgan, mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiruvchi oʻquv yurtlari tizimi shakllantirilgan, ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlari roʻyobga chiqarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalarini bitirayotgan yoshlarni ishga joylashtirish maqsadida Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturiga muvofiq 2011-yilning yanvar – noyabr oylarida tashkil etilgan 927,4 mingta ish oʻrnidan 484,4 mingtasi yoki 52,2 foizi yoshlarni ishga joylashtirish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash joizki, ish oʻrinlarining katta qismi kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilar soni eng koʻp boʻlgan mintaqalarda – Andijon (41 mingta ish oʻrni), Fargʻona (47 ming), Samarqand (46 ming), Qashqadaryo (43 ming), Toshkent (42 ming), Namangan (36 ming) va Buxoro (36 ming) viloyatlarida va Toshkent shahrida (42 mingta ish oʻrni) tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
954-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazilib, ularda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 142 ming nafari ishga yoʻllanma oldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjud bazasidan, shuningdek “mexnat.uz” sayti orqali ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish imkoniyatlari haqida axborot olishning elektron tizimidan faol foydalanilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashda ular oʻz ishini tashkil etishi hamda ularni kichik biznes, xizmat koʻrsatish va servis sohasini, oilaviy biznes, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish asosida tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish amaliyoti qoʻllanilmoqda. Mana shu maqsadlar uchun joriy yilda tijorat banklarining 21 mlrd. soʻmdan ziyod krediti ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻrta maxsus kasb-hunar-texnika taʼlimining tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar ixtisosliklari umumdavlat tasniflagichi”ga kiritilgan 250 tadan ziyod kasb Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Iqtisodiyot, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari bilan birgalikda koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyot tarmoqlarining talab va ehtiyojlari hisobga olingan holda toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazildi, 51 ta kasb unifikatsiya qilinib, 24 tagacha qisqartirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inventarizatsiya natijalariga muvofiq 343 ta kasb-hunar kollejida 34 ta mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlash toʻxtatilgan. Ayni vaqtda 576 ta kasb-hunar kollejida 133 ta mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlash boshlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat bozori ehtiyojlariga, iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy oʻzgarishlarga muvofiq kadrlar tayyorlashni yaxshilash maqsadida 59 ta kasb-hunar kolleji qayta ixtisoslashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ular tanlagan mutaxassislikni hisobga olgan holda ishga joylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga yanada kengroq jalb etish, bu ishni ayniqsa qishloq joylarida rivojlantirish juda muhim va dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-2011 oʻquv yilida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishning umumiy koʻrsatkichi joriy yil 1-dekabrdagi holatga koʻra 92,2 foizni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, bir qator mintaqalarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ishga joylashtirish koʻrsatkichlari past: Jizzax viloyatida — 27,2 foiz, Xorazm viloyatida — 29,6 foiz, Surxondaryo viloyatida — 31,6 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B.Y. Hodiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.A. Haitovning kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ish bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishining holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kasb-hunar kollejlarida talab etilgan yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlashni, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan, shu jumladan egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ish bilan taʼminlashni oʻz ichiga oluvchi chora-tadbirlar kompleksi izchil amalga oshirilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni hisobga olgan holda taʼlim yoʻnalishlarini yanada unifikatsiya qilish, kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqqan holda umumiy taʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olish yuzasidan tizimli ish olib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirishni bundan buyon ham davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishlab chiqarish amaliyotini aniq ish joylarida oʻtashlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar tayyorlashning sifat darajasini oshirishga qaratilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun yuqori kasb malakasiga ega boʻlgan rahbar hamda pedagog kadrlar tanlash va mazkur taʼlim muassasalarini shunday kadrlar bilan toʻliq taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq mavjud boʻsh, zaxira (kvotalangan) va yangi tashkil etilayotgan ish oʻrinlariga, shu jumladan kasb-hunar kollejlari, bitiruvchilar va korxonalar oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida ishga joylashtirishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari joylardagi boʻsh (vakant), kvotalangan va yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kasb-hunar kollejlari, ish beruvchilar oʻrtasida kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash va ularning bitiruvchilarini ishga joylashtirish, eng avvalo, egallagan mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish yuzasidan ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashning normativ-huquqiy asosini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tegishli vazirliklar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda taʼlim muassasalari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ishga joylashtirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar koʻrsin va 2012-yil yakunlari boʻyicha bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
423- II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 1-son, 6-modda)