Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va sarmoyadan soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati,
1993-yilning 29-iyulida Nyu-Dehli shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va sarmoyadan soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimga (ushbu Protokolda “Bitim” deb nomlanuvchi) oʻzgartish kiritish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Bitimning 10-modda (Dividendlar) 2-bandida “15 foiz” raqami va soʻzi tegishlicha “10 foiz”ga almashtirilsin.
2-modda
Bitimning 11-modda (Foizlar) 2-bandida “15 foiz” raqami va soʻzi tegishlicha “10 foiz”ga almashtirilsin.
3-modda
Bitimning 12-modda (Royalti) 2-bandida “15 foiz” raqami va soʻzi tegishlicha “10 foiz”ga almashtirilsin.
4-modda
Bitimning 13-modda (Texnik toʻlovlar) 3-bandida “15 foiz” raqami va soʻzi tegishlicha “10 foiz”ga almashtirilsin.
5-modda
Bitimning 28-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“28-modda
Axborot almashish
Axborot almashish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalari bajarilishi yoki maʼmuriyatchilik yoki Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning siyosiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan, istalgan turdagi va taʼrifdagi soliqlarga taalluqli, bunday soliq solish ushbu Bitimga zid kelmagan darajada ichki qonunchilik qoʻllanishi uchun muhimligi oldindan maʼlum boʻlgan axborotni (jumladan, hujjatlar va ularning tasdiqlangan nusxalarini) almashadilar. Axborot almashish 1- va 2-moddalar bilan cheklanmaydi.
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan olingan har qanday axborot 1-bandga muvofiq, ushbu Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq olingan axborot darajasidagi kabi maxfiy hisoblanadi hamda faqat 1-bandda zikr etilgan soliqlarni baholash yoki yigʻish, majburiy undirish yoki sud tomonidan taʼqib qilish yoki apellatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek qayd etilganlarning barchasi ustidan nazorat qilish bilan band boʻlgan shaxslar yoki organlarga (jumladan, sudlar va maʼmuriy organlarga) maʼlum qilinadi. Bunday shaxs yoki organlar ushbu axborotdan faqat qayd etilgan maqsadlarda foydalanishlari lozim. Ular ushbu axborotni ochiq sud yigʻilishi davomida yoki sud qarorlarida oshkor etishlari mumkin. Yuqorida qayd etilganlardan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olingan axborot ikkala davlatning qonunlariga muvofiq, bunday axborot boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin boʻlgan hamda axborotni taqdim etayotgan Davlatning vakolatli hokimlik organlari bunday foydalanishni ruxsat etgan taqdirda, bunday boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
3. 1- va 2-bandning qoidalari hech qaysi holatda Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan etib izohlanmaydi:
(a) ushbu yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy chora-tadbirlar oʻtkazish;
(b) ushbu yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi boʻyicha yoki oddiy maʼmuriyatchilik davomida olib boʻlmaydigan axborotni taqdim etish;
(s) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb sirini yoki savdo jarayonini oshkor etadigan yoki oshkor etilishi davlat siyosatiga zid boʻlgan axborotni (ogdge rublis) taqdim etish.
4. Agar axborot ushbu moddaga muvofiq tarzda Ahdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat hatto bunday axborot oʻzining soliq maqsadlari uchun kerak boʻlmaganda ham soʻralgan axborotni olish uchun oʻzining axborot yigʻish boʻyicha chora-tadbirlaridan foydalanishi lozim. Avvalgi jumlada koʻrsatilgan majburiyat 3-bandning qoidalari bilan cheklangan, biroq, bunday cheklovlar hech qanday holatda Ahdlashuvchi Davlatning axborotdan ichki manfaatdorligi yoʻqligi sababli, unga ushbu axborotni taqdim qilishni rad etishga ruxsat beradigan deb, izohlanmasligi kerak.
5. 3-bandning qoidalari axborotning egasi bank, boshqa moliyaviy tashkilot, nominal egasi yoki agent yoki vakolatli shaxs hisoblanganligi, yoki maʼlumot boshqa shaxsning mulkchilik huquqiga taalluqli boʻlgani sababli, Ahdlashuvchi Davlatga hech qanday holatda axborotni taqdim etishni rad etishga ruxsat beradigan deb, izohlanmaydi”.
6-modda
Bitimga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
“28A-modda.
Soliqlarni undirishda yordam
Soliqlarni undirishda yordam
1. Ahdlashuvchi Davlatlar soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talablarni bajarishda bir-birlariga yordam koʻrsatadi. Bunday yordam 1- va 2-moddalar bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishib ushbu moddaning qoʻllanish usulini belgilashlari mumkin.
2. Ushbu moddada qoʻllaniladigan “soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talab” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning siyosiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlarining nomidan solinadigan istalgan tur va taʼrifdagi soliqlarga nisbatan, bunday soliq solish amaldagi Bitimga yoki Ahdlashuvchi Davlatlar tomonlari hisoblangan istalgan boshqa hujjatga zid kelmagan darajadagi qarz summasini, jumladan foizlar, maʼmuriy jarimalar hamda bunday summaga taalluqli boʻlgan taʼminlash choralarini solish yuzasidan xarajatlarni bildiradi.
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabi ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq bajarilishi majburiy boʻlgan hamda u boʻyicha qarzdor hisoblangan shaxs, bir vaqtning oʻzida, ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq, ushbu talab bajarilishining oldini ololmaydigan shaxs hisoblangan taqdirda, soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi bunday talab, ushbu Davlatning vakolatli organining rasmiy talabiga koʻra, boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan bajarish maqsadlari uchun qabul qilinadi. Qarzni toʻlash toʻgʻrisidagi bunday bitim ushbu boshqa Davlat tomonidan oʻzining soliqlarini bajarilishi va undirilishi majburiyligiga nisbatan qoʻllaniladigan, uning qonunchiligi qoidalariga muvofiq bajariladi, xuddi ushbu soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talab ushbu boshqa Davlatning soliq toʻlash toʻgʻrisidagi talab boʻlgani kabi.
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabi ushbu Davlat oʻzining qonunchiligiga muvofiq, ushbu talabni bajarish maqsadida taʼminlash choralarini qoʻllashi mumkin boʻlgan talab hisoblangan taqdirda, ushbu soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talab, ushbu Davlatning vakolatli organining rasmiy talabiga koʻra, boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan taʼminlash choralarini qoʻllash maqsadlari uchun qabul qilinadi. Ushbu boshqa Davlat oʻzining qonunchiligi qoidalariga muvofiq, ushbu soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabga nisbatan taʼminlash choralarini koʻllaydi, xuddi ushbu soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talab ushbu boshqa Davlatning soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabi boʻlgani kabi, hatto bunday choralarni qoʻllash paytida birinchi zikr etilgan Davlatda ushbu soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabning bajarilishi majburiy hisoblanmagan yoki uning boʻyicha qarzdor hisoblangan shaxs uning bajarilishining oldini olishga haqli boʻlgan holda ham.
5. 3- va 4-bandlar qoidalaridan qatʼiy nazar, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan 3- yoki 4-bandning maqsadlari uchun qabul qilinadigan soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabga ushbu davlatda vaqtinchalik cheklovlar qoʻllanilmaydi, shuningdek, unga ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq qoʻllaniladigan soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabga nisbatan, uning tabiatiga koʻra ustuvorlik taqdim etilmaydi. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan 3- yoki 4-bandning maqsadlari uchun qabul qilingan soliq toʻlash toʻgʻrisidagi talab boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq, soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabga nisbatan ushbu Davlatda qoʻllaniladigan ustuvorlikka ega boʻlmaydi.
6. Ahdlashuvchi Davlatning soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi talablari ularning mavjudligi, haqiqiyligi yoki summasi xususida ushbu Davlatning sudlari yoki maʼmuriy organlaridan oldin koʻrib chiqish predmeti hisoblanadi.
Ushbu moddaning hech qaysi qoidasi bunday harakatlarga suddan oldin biron-bir huquqni yaratib berish yoki taʼminlash yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning maʼmuriy organlari tomonidan koʻrib chiqilishi sifatida qaralmaydi.
7. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan 3- yoki 4-bandga muvofiq amalga oshirilgan rasmiy talabdan keyin istalgan paytda hamda boshqa Ahdlashuvchi Davlat birinchi zikr etilgan Davlatning soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabini bajargan va tegishli soliq summasini unga oʻtkazganidan oldin, ushbu soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talab quyidagilarni toʻxtatadi:
(a) 3-bandga muvofiq rasmiy talab berilgan taqdirda -birinchi zikr etilgan Davlatning soliq toʻlash toʻgʻrisidagi talabi boʻlishni, ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq bajarilishi majburiy hisoblangan hamda uning boʻyicha qarzdor boʻlib, ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq, bir vaqtning oʻzida uning bajarilishining oldini ololmaydigan shaxs hisoblanganida, yoki
(b) 4-bandga muvofiq rasmiy talab berilgan taqdirda — birinchi zikr etilgan Davlatning soliq toʻlash toʻgʻrisidagi talabi boʻlishni, ushbu Davlat oʻzining qonunchiligiga muvofiq, ushbu talab yuzasidan, uning bajarilishi maqsadida taʼminlash choralarini qoʻllashi mumkin boʻlganida.
Birinchi zikr etilgan Davlatning vakolatli organlari boshqa Davlatning vakolatli organlarini darhol xabardor qiladilar va, boshqa Davlatning tanloviga koʻra, birinchi zikr etilgan Davlat oʻzining rasmiy talabini toʻxtatib qoʻyadi yoki chaqirib oladi.
8. Ushbu moddaning hech qaysi qoidasi Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan deb, izohlanmaydi:
(a)ushbu yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(b) davlat siyosatiga zid boʻladigan chora-tadbirlarni (ogdre rublis) koʻrish;
(s) boshqa Ahdlashuvchi Davlat uning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq koʻllanishi mumkin boʻlgan barcha mantiqiy chora-tadbirlarni bajarish yoki, vaziyatdan kelib chiqqan holda, taʼminlash choralarini qoʻllashni amalga oshirmagan taqdirda, yordam koʻrsatish;
(d) ushbu Davlat uchun maʼmuriy xarajatlar boshqa Ahdlashuvchi Davlat oladigan manfaatga nomutanosibligi yaqqol boʻlgan holatlarda yordam koʻrsatish.
28V-modda
Imtiyozlarning cheklanganligi
Imtiyozlarning cheklanganligi
1. Ushbu Bitimning qoidalari, Ahdlashuvchi Davlatga soliq solishdan qochish yoki boʻyin tovlashga nisbatan, hozircha bular qanday taʼriflanishidan qatʼi nazar, ichki qonunchilik qoidalarini qoʻllashda toʻsqinlik qilmaydi.
2. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga nisbatan ushbu Bitimning imtiyozlari qoʻllanilmaydi, basharti, uning ishi ushbu Bitimning imtiyozlaridan foydalanishning bosh maqsadi yoki bosh maqsadlaridan biri hisoblangan tarzda koʻrilgan boʻlsa.
3. Imtiyozli tadbirkorlik faoliyati boʻlmagan yuridik shaxslar ushbu moddaning qoidalaridan foydalanishadi”.
7-modda
Kuchga kirishi
Kuchga kirishi
Ahdlashuvchi Davlatlar ushbu Protokol kuchga kirishi uchun ichki qonunchiliklariga muvofiq zarur talablar bajarilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda diplomatik kanallar orqali bir-birlarini xabardor qiladilar. Bitimning ajralmas qismi hisoblangan Protokol oxirgi xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi va quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
(a) Hindistonda, Bitim kuchga kiradigan sanadan keyingi 1-aprelda yoki undan keyin boshlanadigan istalgan moliya yilida olinadigan daromadga;
(v) Oʻzbekistonda, Bitim kuchga kiradigan sanadan keyingi 1-yanvarda yoki undan keyin boshlanadigan istalgan moliya yilida olinadigan daromadga;
(s) Bitimning 28-moddasi (Axborot almashish) maqsadlari uchun, Protokol kuchga kiradigan sanadan boshlab.
Ushbuni tasdiqlab, tegishli tarzda vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar, ushbu Protokolni imzoladilar.
Toshkent shahrida 2012-yil 11-aprel kuni ikki asl nusxada, oʻzbek, hind va ingliz tillarida imzolandi. Barcha matnlar bir xil yuridik kuchga egadir va har qanday shubha tugʻilganda, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)