11.05.1999 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma Bayonot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha maslahatlashuv organini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1997-yil 3-mayda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Qoʻshma deklaratsiyani nazarda tutgan holda, ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga yangi turtki berish zaruratini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati ikki ishchi guruhi tuzish haqida qaror qabul qildilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy, umumiy masalalar va almashish boʻyicha ishchi guruhi va savdo, iqtisodiy va sanoat hamkorligi hamda eksport kreditlari masalalari boʻyicha ishchi guruhi zarur muvofiqlashtirish va ragʻbatlantirishni taʼminlash bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor bergan holda ikki tomonlama hamkorlikning umumiy mavzulari bilan shugʻullanadi. Birinchi guruhga oʻzbek tomonidan Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari departamentining vakili va italyan tomonidan Tashqi ishlar vazirligining vakili boshchilik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala davlatning ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar sohasidagi vakolatli barcha davlat organlarining vakillari va, zarur holda, Tomonlardan har biri tanlagan ekspertlar ishtirokida yigʻiladigan bu guruhlar, har safar ikki hukumatning kelishilgan qarori boʻyicha, ham ikki tomonlama xarakterdagi, ham oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi va Evropa Ittifoqi (yoki Evropa Ittifoqi muassasalari) hamda mintaqaviy hamkorlik organlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan loyihalar koʻrinishidagi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha ikki tomonlama forum shakliga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo, iqtisodiy va sanoat hamkorligi hamda eksport kreditlari masalalari boʻyicha ishchi guruhi tegishli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashib, shuningdek ikki mamlakat korxonalari oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bahslarning oldini olish va hal etish uchun eng toʻgʻri keladigan qarorlarni ishlab chiqish yoʻli bilan iqtisodiy, sanoat hamda texnikaviy hamkorlikni, shuningdek tegishli almashishlarni rivojlantirish bilan shugʻullanadi. Bu guruh oʻzbek tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakili va italyan tomonidan Tashqi savdo vazirligining vakili boshchiligida boʻladi va oʻz tarkibida asosan korxonalar va tarmoq sanoat assotsiatsiyalarining vakillariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1999-yil 11-mayda ikki nusxada oʻzbek va italyan tillarida imzolandi, ikkala matn bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)