Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995 09.12.1992 yildagi 752-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995
Hujjat 23.01.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSINING VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSINING AYRIM MODDALARINI QOʻLLANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi qator moddalarida nazarda tutilgan koʻp miqdorda, koʻp zarar, ancha zarar jiddiy ziyon deyilganda belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik barobaridan ortiq miqdordagi moddiy zarar, juda koʻp miqdor deyilganda esa belgilangan eng kam oylik ish haqining yuz barobaridan ortiq miqdordagi moddiy zarar tushunilishi uqtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 56-moddasida nazarda tutilgan talon-toroj qilingan davlat yoki jamoat mulkining qiymati eng kam oylik ish haqining yarmidan oshmasa, oz miqdorda talon-toroj qilganlik hisoblanadi. Bunda talon-toroj qilingan buyumlarning natura shaklidagi miqdori (vazni, hajmi) va xalq xoʻjaligi uchun zarur ahamiyati hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-band Oʻzbekiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29-dekabrdagi 1009-XII-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 18-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aldash orqasidan topilgan mablagʻ miqdori eng kam oylik ish haqining ikki yuzdan bir qismidan oshmasa, u Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 166-1-moddasida nazarda tutilgan xaridorlar va buyurtmachilarni uncha koʻp boʻlmagan miqdorda aldash deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aldash orqasidan topilgan mablagʻ miqdori eng kam oylik ish haqidan ortiq boʻlsa, u Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 177-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xaridorlar va buyurtmachilarni koʻp miqdorda aldash deb hisoblanadi. Bunda qilingan jinoyatga baho berish masalasini hal etish va sotilgan tovarlarning turi va qiymati, bajarilgan buyurtmachilarning turi va qiymati, aholiga koʻrsatilgan xizmatning turi ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiq miqdorda qonunsiz olingan haq Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Jinoyat kodeksi 177-1-moddasida nazarda tutilgan koʻp miqdorda qonunsiz haq olganlik deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 27-oktabridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-1-moddasida qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil № 31, 598-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1983-yil 19-dekabridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Mayda spekulatsiya uchun javobgarlik toʻgʻrisida”gi 1957-yil 11-dekabr Farmonini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 36, 544-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 1-martidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi ikkinchi qismini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida” qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 7, 111-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi hamda ushbu qaror amalga kirgan kunga qadar sudlarning hukmlari qonuniy kuchga kirgan mahkumlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
752-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 35-modda; 1994-y., 1-son, 18-modda)