Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Urugʻchilik toʻgʻrisida
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi OʻRQ-521-sonli “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
“urugʻlik” — oʻsimlikning nav va duragaylarni saqlab qolish, takror yetishtirish uchun ishlatiladigan botanik donlari yoki boshqa qismlari;
Oldingi tahrirga qarang.
“reproduksion urugʻliklar” — fond urugʻliklarini va ularning keyingi reproduksiyalarini koʻpaytirishdan olinadigan urugʻliklar;
(1-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-apreldagi OʻRQ–31-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 113-modda)
“duragay urugʻliklar” — turkumdoshlarni chatishtirishdan olinadigan urugʻliklar;
“genetik sifat (nav sifati)” — muayyan nav urugʻlikning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini bildiruvchi koʻrsatkichlar majmui;
“ekinboplik xususiyati” — urugʻliklarning ekishga qanchalik yaroqli ekanligini bildiruvchi koʻrsatkichlar majmui;
“urugʻlik turkumi” — bir turdagi (muayyan ekin, nav, reproduksiya, toifa, genetik (nav) tozalikdagi, muayyan yil hosilidan olingan, kelib chiqishi bir), hujjat bilan tasdiqlangan maxsus jamlangan urugʻlikning bir xil miqdori;
“aprobatsiya qilish” — oʻsimliklarning genetik (nav) jihatidan qanchalik toza ekanligini, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamliligi va ekishga moʻljallangan urugʻlikning umumiy holatini aniqlash maqsadida dalada oʻtkaziladigan tadqiqot;
“patent egasi (litsenziar)” — seleksiya navining egasi, duragay egasi huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olgan shaxs.
2-modda. Urugʻchilikning asosiy vazifalari
Urugʻchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻz urugʻchilik bazasini yaratish;
navni yangilash va nav almashtirish jarayonida urugʻlik navlari va duragaylarining biologik hamda xoʻjalik jihatidan qimmatli xususiyatlarini saqlab qolish;
Oldingi tahrirga qarang.
mamlakatimiz va jahonning qimmatli genofondini saqlab qolish hamda undan samarali foydalanish;
respublikaning turli tabiiy-iqlim mintaqalariga moslangan yangi tezpishar, serhosil, intensiv navlarini yaratish va koʻpaytirish;
(2-moddaning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
qishloq xoʻjaligini serhosil va yuqori sifatli urugʻliklar bilan taʼminlash;
urugʻliklarning sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
urugʻchilikka jahon tajribasi yutuqlarini joriy etish.
3-modda. Urugʻchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Urugʻchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida urugʻchilik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
4-modda. Urugʻlik yetishtirish va undan foydalanish huquqi
Patent bilan muhofaza qilinadigan navlar va duragaylar urugʻligini yetishtirish hamda undan foydalanish huquqiga patent egalari, shuningdek litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar egadirlar.
Patent yoki guvohnoma bilan muhofaza qilinmaydigan navlar va duragaylar urugʻligi har qanday yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq yetishtirilishi va undan foydalanilishi mumkin.
Patent egalari, ular vakolat bergan shaxslar, shuningdek ular oʻrtasidagi shartnomalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
5-modda. Urugʻchilik bilan shugʻullanuvchi shaxslarning vazifalari
Urugʻchilik bilan, duragaylar va yangi navlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning vazifasi quyidagilardan iborat:
birlamchi urugʻchilikning samarali tizimini va urugʻ yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda joriy etish;
duragaylar va navlarga doir muallif taʼriflarini taqdim etish;
urugʻliklarni ishlatuvchilar bilan shartnoma tuzish asosida yuqori navli va ekinbop xususiyatli urugʻliklar yetishtirish;
vaqti-vaqti bilan urugʻlar kataloglarini tayyorlash hamda bosib chiqarish;
har bir turkumdagi urugʻlik navi va ekinboplik xususiyatlari boʻyicha toʻliq hisobni olib borish.
6-modda. Urugʻlikning sifatini aniqlash
Urugʻlikning genetik (nav) sifati dala va laboratoriyada oʻtkaziladigan sinov natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi belgilaydigan tartibda aprobatsiya qilinadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
7-modda. Urugʻliklarni sertifikatlash
Ekish uchun ishlatiladigan urugʻliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Urugʻliklarni sertifikatlash amaldagi standartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻining sifatini sertifikatlash va nazorat qilish davlat markazi tomonidan hamda uning joylardagi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Standart urugʻliklarga muvofiqlik sertifikati, nostandart urugʻliklarga esa ularning sifati toʻgʻrisida talon beriladi.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
8-modda. Urugʻliklarni realizatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Urugʻliklarning navi va ekinboplik xususiyatlari koʻrsatilgan muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda ularni realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Kimyoviy yoki biologik ishlov berilgan urugʻlar isteʼmolchiga yoki savdo tarmogʻiga faqat oʻralgan holda yetkazib beriladi. Har bir oʻramda qaysi turda ishlov berilganligi koʻrsatilgan yorliq va xavfsizlik chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma boʻlishi shart.
(8-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Himoya qilinadigan navlar Davlat reyestriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilmagan navlar va duragaylarning urugʻligini sotish mumkin emas.
Muomalaga kiritilayotgan urugʻliklar davlat standartlari talablariga muvofiq albatta tamgʻalanadi va idishlarga joylanadi.
Karantindagi va boshqa xavfli hasharotlar, oʻsimlik kasalliklari yoki begona oʻtlar keng tarqalgan davlatlardan keltirilgan urugʻliklarni respublika hududida tarqatish taqiqlanadi.
9-modda. Urugʻliklarni import va eksport qilish
Urugʻliklarni import qilishga quyidagi shartlarda yoʻl qoʻyiladi, agar:
ular davlat sinovidan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan navning urugʻi boʻlsa;
ularni import qilishga oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatining ruxsatnomasi mavjud boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
ularning muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi mavjud boʻlsa;
(9-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
ularga eksport qilayotgan mamlakat tomonidan fitosanitariya sertifikati berilgan boʻlsa;
ular seleksiya va tadqiqot ishlariga, koʻrgazmaga qoʻyishga moʻljallangan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy va nav sinash maqsadlarida import va eksport qilinayotgan urugʻliklar uchun boj toʻlovi undirilmaydi, ular kvotalanmaydi va litsenziyalanmaydi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-134-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Urugʻliklarni eksport qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi yoki u vakolat bergan organning xulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Eksport qilinadigan urugʻliklarga Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini xizmati tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati ilova qilinadi.
10-modda. Realizatsiya qilinadigan urugʻliklarga kafolatlar
Urugʻliklar yetishtirish va ularni realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar urugʻlarning navi va ekinboplik sifatlari tegishli hujjatlarda koʻrsatilgandek boʻlishiga kafolat beradilar va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Basharti, urugʻliklar yetishtirish va ularni realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan urugʻliklarning sifat koʻrsatkichlari yoʻqligi oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan holatlarning oqibati ekanligini isbotlasalar, urugʻlikni ishlatuvchi koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin emas.
Sotib olingan urugʻliklarga berilgan kafolatlar ularning sifati toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan muddat davomida amal qiladi.
11-modda. Sugʻurta urugʻlik fondi
Sugʻurta urugʻlik fondi imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga, xalqaro shartnomalarga muvofiq navli urugʻliklarni yetkazib berish uchun, shuningdek tabiiy ofatlar ehtimolini nazarda tutgan holda va boshqa maqsadlarda tashkil etiladi.
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
12-modda. Urugʻchilikni ilmiy jihatdan taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Urugʻchilik Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa ilmiy tashkilotlar tomonidan ilmiy jihatdan taʼminlanib, ular:
(12-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
seleksiya va urugʻchilik boʻyicha ilmiy-texnika dasturlarini;
urugʻchilik, urugʻshunoslik va navshunoslikning ilmiy asoslangan tizimini;
yangi va istiqbolli navlarni joriy etishga doir tavsiyalarni;
yuqori sifatli urugʻlik yetishtirish samaradorligini oshirishning uslub va usullarini;
urugʻchilikda axborot bilan taʼminlash tizimini ishlab chiqadilar.
13-modda. Urugʻlik yetishtirishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Qonun hujjatlarida urugʻlik yetishtirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining urugʻchilik sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
urugʻchilik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reyestrini yuritadi;
qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarining navlarini sinash borasidagi ishga rahbarlik qiladi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, davlat hokimiyati mahalliy organlari bilan birga qishloq xoʻjaligi ekinlarining muayyan hududlarga moslashtirilgan va istiqbolli navlarini ekish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʻjalik ekinlarining Davlat reyestri toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-moddaning nomi va birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
15-modda. Urugʻliklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi hamda uning joylardagi boʻlinmalari urugʻliklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat organlari hisoblanadi. Qishloq xoʻjalik ekinlarining urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat organlari budjet va (yoki) sinov oʻtkazish hamda sertifikatlash borasidagi oʻz xizmatlariga toʻlangan mablagʻlar hisobidan pul bilan taʼminlanadi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Urugʻliklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazining vakolatlari
Urugʻliklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi:
Oldingi tahrirga qarang.
urugʻchilikni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshiradi;
urugʻchilik mahsulot ekspertizasini tashkil etadi;
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
barcha qishloq xoʻjalik ekinlarining urugʻliklari sifatini nazorat qilishni tashkil etish boʻyicha joylardagi boʻlinmalarining ishiga rahbarlik qiladi;
xoʻjaliklar, korporatsiyalar, boshqa korxonalar va muassasalarda urugʻliklar va ekiladigan koʻchatlarning navi hamda ekinboplik xususiyatlarini aniqlaydi;
urugʻliklarning sifatini aniqlash uslublarini ishlab chiqadi, takomillashtiradi va tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Urugʻliklarni sertifikatlash va sifatini nazorat qilish davlat inspektorlari
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazining boshligʻi Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish viloyat markazlarining boshliqlari tegishincha qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha viloyat davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat markazining inspektorlari, qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻliklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha viloyat davlat inspektorlari, tuman inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
sifat koʻrsatkichlari qanchalik toʻgʻriligini va davlat standartlariga muvofiqligini tekshirish maqsadida zarur tahlillar oʻtkazish uchun urugʻ namunalarini tanlab olish;
urugʻlikning himoya qilinadigan navlaridan gʻayriqonuniy foydalanilishini taqiqlash;
har qanday urugʻlik yetishtiruvchining, urugʻlik yetkazib beruvchining va urugʻlik bilan savdo qiluvchi tashkilotning hududiga kirish;
urugʻchilik dalalari va urugʻlik turkumlariga doir zarur axborot, hujjat va namunalar olish;
qonun hujjatlarini buzgan holda urugʻlik yetishtirish, uni saqlash va sotish hollarini toʻxtatib qoʻyish yoki taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
muvofiqlik sertifikati va fitosanitariya yoki karantin ruxsatnomasi mavjud boʻlmasa, urugʻlik turkumlarining tashilishini taqiqlab qoʻyish;
muvofiqlik sertifikati, fitosanitariya yoki karantin ruxsatnomasi boʻlmagan urugʻliklarni boshqa davlatlardan respublikaga olib kirishga yoʻl qoʻymaslik;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzganlik uchun xoʻjaliklarning rahbarlari va boshqa masʼul shaxslarga jarima jazosi berish.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuniga muvofiq 17-moddaning uchinchi qismi yettinchi va sakkizinchi xatboshilari yangi tahrirda berilgan hamda toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Urugʻchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Urugʻchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
19-modda. Xalqaro shartnomalar
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
267-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 130-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 113-modda; 2007-y., 50-51-son, 513-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)