Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2015 15.04.2013 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy-gumanitar va ilmiy-texnikaviy sohalarda 2013-2015-yillarga moʻljallangan hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturi
2013-yil 15-aprel, Moskva
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat va ularning xalqlari oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlikni saqlash, inson huquqlarini hurmat qilish, oshkoralik, bagʻrikenglik va madaniyatlar dialogi prinsiplariga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida strategik sherikchilik toʻgʻrisida 2004-yil 16-iyundagi Shartnoma hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida 2005-yil 14-noyabrdagi Shartnoma qoidalariga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida madaniyat, fan va texnika, taʼlim, sogʻliqni saqlash, axborot, sport va turizm sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida 1993-yil 19-martdagi Bitim hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida 1995-yil 27-iyuldagi Bitimni amalga oshirishni davom ettirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-gumanitar va ilmiy-texnikaviy sohalarda 2013 — 2015-yillarga moʻljallangan quyidagi Dasturni qabul qildilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dasturning asosiy maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dastur Tomonlarning madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida avvalgi dasturlarni amalga oshirishda orttirgan ijobiy tajribalarini oʻzida mujassam etib, fan va texnika, madaniyat, taʼlim, sport va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishilgan chora-tadbirlar kompleksining bajarilishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun Tomonlar quyidagi vazifalarni bajarishga intiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-gumanitar va ilmiy-texnikaviy sohalarda shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining madaniy va ilmiy yutuqlarini rivojlantirishga qaratilgan madaniy-gumanitar va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma ijodiy jamoalar tuzish, madaniy tadbirlar, sport festivallari va uchrashuvlar oʻtkazish orqali madaniy-gumanitar sohada axborot va tajriba almashishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda ilmiy-texnikaviy axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish, shuningdek olimlar uchun ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalarida amaliyot oʻtashni tashkil qilish orqali ilmiy-texnikaviy sohada axborot va tajriba almashishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlikka koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, madaniyat, taʼlim, sport, turizm muassasalari va tashkilotlari oʻrtasida, shuningdek jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, assotsiatsiyalar va jamgʻarmalar oʻrtasidagi bevosita aloqalarning rivojlanishiga har tomonlama koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Rossiya xalqlarining madaniy va ijtimoiy hayotidagi muhim sana va voqealarga bagʻishlangan qoʻshma tadbirlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Madaniy-gumanitar sohada hamkorlik yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha dasturiy tadbirlarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va kinematografiya sohasida hamkorlik qilish, birgalikda festivallar, konsertlar, koʻrgazmalar oʻtkazish, oʻzarolik asosida Tomonlar davlatlari hududlarida oʻtkaziladigan turli madaniy tadbirlarda ishtirok etish uchun Tomonlar davlatlarining ijod arboblari, jamoalari va sanʼat ustalarini yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohasida hamkorlik, taʼlim muassasalari va tashkilotlari oʻrtasidagi bevosita aloqalarni qoʻllab-quvvatlash, turli tarmoqlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga koʻmaklashish, mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli kompaniyalar va tashkilotlar oʻrtasidagi kelishuvlar asosida belgilanadigan shartlar va shakllarda, ommaviy axborot vositalari oʻrtasida hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey va kutubxona ishi sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat toʻplamlari, kolleksiyalari va jamgʻarmalarida saqlanayotgan oʻz xalqlarining tarixiy-madaniy boyliklarini oʻrganish sohasida hamkorlik qilish, madaniy boyliklarni noqonuniy olib oʻtishning oldini olish va unga barham berish boʻyicha birgalikdagi faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport va turizm sohalarida aloqalarni faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining madaniy-gumanitar sohada sherikchilikda faoliyat koʻrsatayotgan jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar va assotsiatsiyalar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilmiy-texnikaviy sohada hamkorlik yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama ilmiy-texnikaviy hamkorlik tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, ilm-fan sohasida boshqaruv idoralari, fanlar akademiyalari, davlat ilmiy jamgʻarmalari va ilmiy tadqiqot olib borayotgan davlat muassasalari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, birgalikda ilmiy loyihalar va dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro ahamiyatga molik boʻlgan dolzarb ilmiy va texnikaviy muammolarni echish maqsadida ustuvor va istiqbolli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha birgalikda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishda, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar natijalarini sanoatda oʻzlashtirishda hamkorlikni kengaytirish va faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dasturni amalga oshirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dastur doirasida hamkorlikning moliyaviy shartlari quyidagi prinsiplarga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Delegatsiyalar, badiiy jamoalar, ijrochilar bilan almashishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti tegishli kelishuvlarda boshqacha tarzda nazarda tutilmagan boʻlsa, yuboruvchi Tomon oʻz delegatsiyalari, jamoalari va ijrochilarining xalqaro transport harakatlarini hamda rekvizitlarni yoʻnalish boʻyicha tashish, oʻz hududidagi bojxona va aeroport yigʻimlari, ijrochilarga gonorarlar berish va tibbiy sugʻurta bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti tegishli kelishuvlarda boshqacha tarzda nazarda tutilmagan boʻlsa, qabul qiluvchi Tomon yashash va ovqatlanish, mamlakat ichidagi transport xarajatlarini hamda zaruriy texnika bilan jihozlangan zallarni ijaraga olish, yordamchi va texnik xodimlarning xizmatlari, barcha turdagi reklamalar, tarjimonlar xizmati, oʻz hududidagi bojxona va aeroport yigʻimlari, madaniy dastur va tezkor tibbiy yordam bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrgazmalarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha shartlar va Tomonlarning oʻzaro majburiyatlari (muddatlar, eksponatlarni tashish boʻyicha transport xarajatlari, kuzatuvchi shaxslarning yoʻl xarajatlari, bojxona va omborxona xarajatlari, sugʻurta, xavfsizlikni taʼminlash va boshqalar) har bir alohida holatda manfaatdor tashkilotlar oʻrtasida kelishib olinadi va maxsus bayonnomalarda qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlati fuqarolari uchun boshqa Tomon taʼlim va ilmiy muassasalarida kasbiy amaliyotlar va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish shartlari har bir alohida holatda manfaatdor tashkilotlar oʻrtasida kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Delegatsiyalar, alohida shaxslarning tashriflari va yuqorida nazarda tutilmagan boshqa tadbirlarni oʻtkazishga oid moliyaviy masalalar Tomonlarning oʻzaro manfaatlarini hisobga olgan holda, ikki tomonlama maslahatlashuvlar doirasida bevosita manfaatdor tashkilotlar oʻrtasida kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mazkur Dasturga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritilishi mumkin boʻlib, ular alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Dasturni amalga oshirish maqsadida Tomonlar davlatlarining manfaatdor vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli Tadbirlar rejasini ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, shuningdek Tomonlar davlatlarining manfaatdor vazirliklari va idoralari zarur hollarda mazkur Dasturning muayyan tadbirlarini bajarishga moʻljallangan alohida bitimlar va bayonnomalar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dastur imzolangan sanadan boshlab 2015-yilning 31-dekabriga qadar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dastur xalqaro shartnoma hisoblanmaydi, Tomonlar uchun xalqaro huquq boʻyicha tartibga solinadigan huquq va majburiyatlar tugʻdirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moskva shahrida 2013-yil 15-aprelda har biri oʻzbek va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)