Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 2-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1781-2
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1 va 1/2-son qarori (roʻyxat raqami 1781, 2008-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 27-avgust,
77-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 27-avgust,
16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2015-yil 27-avgustdagi 77 va 16-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbek tilidagi matnning muqaddimasidagi “Fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 32-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998-yil 24-yanvarda 376-son bilan tasdiqlangan, Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari (roʻyxat raqami 565, 1998-yil 17-dekabr)” degan soʻzlar “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari (roʻyxat raqami 2687, 2015-yil 22-iyun)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2015-yil 27-avgust
Oʻzbekiston Fermerlari kengashining raisi S. TURDIYEV
2015-yil 27-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 35-son, 470-modda)