Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 1919-yilda Jenevada qabul qilingan va 1952-yil 28-iyunda qayta koʻrib chiqilgan Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi 103-Konvensiyaga qoʻshilishi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1919-yilda Jenevada qabul qilingan va 1952-yil 28-iyunda qayta koʻrib chiqilgan Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi 103-Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
85-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 133-modda)