25.06.1958 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va ish turlari sohasida kamsitish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1958-yilning 4-iyunida oʻzining Qirq ikkinchi Sessiyasiga toʻplanib, mehnat va ish turlari sohasida kamsitishga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining toʻrtinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, Filadelfiya Deklaratsiyasida “barcha insonlar irqi, eʼtiqodi yoki jinsidan qatʼiy nazar, iqtisodiy barqarorlik va teng imkoniyat, erkinlik va kadr-qimmatlari taʼminlangan sharoitida oʻz moddiy farovonligiga va maʼnaviy rivojiga erishish huquqiga ega” deb eʼlon qilinishini eʼtiborga olib, kamsitish Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida eʼlon qilingan huquqlarni buzishni oʻz ichiga olishini eʼtiborga olib, bir ming toʻqqiz yuz ellik sakkizinchi yil iyun oyining yigirma beshinchi kunida kuyidagi “Mehnat va ish turlari sohasida kamsitish toʻgʻrisidagi 1958-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlarida “kamsitish” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) irq, tana rangi, jins, din, siyosiy qarashlar, milliy mansublik yoki ijtimoiy kelib chiqish belgilari asosidagi, mehnat yoki ish turlari sohasidagi muomala yoki imkoniyatlar tengligining yoʻqolishiga yoki putur yetkazilishiga olib keluvchi har qanday farqlash, yoʻl qoʻymaslik yoki ustun qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tashkilotning tegishli aʼzosi tomonidan belgilanishi mumkin boʻlgan boshqa, mehnat yoki ish turlari sohasidagi muomala yoki imkoniyatlar tengligining yoʻqolishiga yoki putur yetkazilishiga olib keluvchi va albatta ish beruvchi va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan (agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa albatta) va boshqa tegishli organlar bilan maslahatlashgan holda farqlash, yoʻl qoʻymaslik yoki ustun qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻziga xos talablarga asoslangan muayyan ishga nisbatan farqlash, yoʻl qoʻymaslik yoki ustun qoʻyish kamsitish deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya maqsadida “mehnat” va “ish turlari” atamalari kasb oʻrganish imkoniga ega boʻlishni, mehnat va muayyan ish turlariga ega boʻlishni va mehnat sohasidagi shart-sharoitlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotning har bir aʼzosi, ushbu Konvensiya unga nisbatan kuchga kirgan boʻlsa, milliy sharoitga va amaliyotga mos keladigan usullar orqali, mehnat va ish turlariga nisbatan, shu sohadagi har qanday kamsitishni tugatish maqsadida, muomala va imkoniyat tengligini koʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan milliy siyosatni eʼlon qilish va amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotning har bir aʼzosi, ushbu Konvensiya unga nisbatan kuchga kirgan boʻlsa, milliy sharoitga va amaliyotga mos keladigan usullar orqali quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shu siyosatning maʼqullanishi va unga rioya qilinishiga koʻmaklashishda ish beruvchilar va mehnatkashlar tashkilotlari va boshqa tegishli organlar hamkorligini taʼminlashga intilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu siyosatning maʼqullanishi va unga rioya qilinishini taʼminlashga moʻljallangan tegishli qonunlarni qabul qilish va tegishli taʼlim dasturlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) shu siyosatga mos kelmaydigan har qanday qonun-qoidalarni bekor qilish va har qanday maʼmuriy qarorlarni va amaliyotni oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ish bilan taʼminlanish sohasidagi siyosatni bevosita hukumat nazorati ostida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kasb tanlash, kasbga oʻqitish va ish bilan taʼminlash sohasidagi muassasalar faoliyatida shu siyosatga, hukumat boshqaruvi ostida, rioya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) shu siyosatga binoan amalga oshirilgan tadbirlarni va shular tufayli erishilgan natijalarni oʻzining ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzalarida koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning xavfsizligiga putur yetkazuvchi faoliyatda ishtirok etgan yoki ishtirok etganlikda gumon qilinuvchi shaxsga qarshi qaratilgan xar qanday choralar, agar ushbu shaxs milliy amaliyotga muvofiq mavjud vakolatli organga shikoyat qilish huquqiga ega boʻlsa, kamsitish deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro Mehnat Konferensiyasi tomonidan qabul qilingan boshqa konvensiyalar va tavsiyalarda koʻzda tutilgan himoya yoki yordam berish boʻyicha alohida choralar kamsitish deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotning har bir aʼzosi, ish beruvchi va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan maslahatlashgan holda (agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa albatta), jins, yosh, jismoniy nuqsonlar, oilaviy majburiyatlar yoki ijtimoiy yo madaniy saviyasiga koʻra, odatda alohida himoya yoki yordamga muhtoj deb qaraladigan shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa alohida choralarni kamsitish deb hisoblanmasligini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Tashkilotning har bir aʼzosi Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi qoidalariga muvofiq, uni metropoliyadan tashqari hududlarda qoʻllash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolarinigina birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning xar bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani xar oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh direktor unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni roʻyxatga olganligi haqida Tashkilot aʼzolariga xabar berganda, Tashkilot aʼzolarining eʼtiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning oʻz kuchi bilan, 9-modda qoidalaridan qatʼiy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Konvensiya, xar qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qolaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)