09.07.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Memorandum
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Turkiya Jumhuriyati Bosh vaziri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suverenitet, tenglik, oʻzaro hurmat va ichki ishlarga aralashmaslik prinsiplariga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini mamnuniyat bilan qayd etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakatning manbalari umumiy tarix, madaniyat va til boʻlgan xalqlarini yaqinlashtiruvchi oʻziga xos rishtalarni alohida koʻrsatib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama bitimlarning muvaffaqiyatli bajarilishini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Nizomi, Xelsinki Yakunlovchi Akti va YXHTning boshqa hujjatlarida taʼkidlangan maqsad va prinsiplarga oʻz sodiqliklarini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doʻstlik va hamkorlik munosabatlari mintaqalar va butun dunyodagi barqarorlik, tinchlik va xavfsizlik ishiga hissa qoʻshishini belgilab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston prezidentlarining Anqara va Istanbuldagi uchrashuvlarida qabul qilingan deklaratsiyalardagi qoidalarning muhimligini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga koʻtarish istagini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va 1991-yil 19-dekabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻrtasidagi munosabatlarning asoslari va maqsadlari toʻgʻrisidagi Bitim qoidalaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ikkala mamlakatdagi mavjud potensialni eʼtiborga olib, ular oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar borligini tasdiqladilar va shu maqsadlarda zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisida bir fikrga keldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlarida qisqa muddat ichida erishilgan yutuqlarni va ularning kelgusi rivoji uchun potensial mavjudligini qayd etib, bu munosabatlarni bundan buyon ham yuqori darajada rivojlantirish istagini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar shu doiralarda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar, xizmat va kapitallarning samarali harakatiga yanada koʻproq koʻmaklashishga ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar turk ishbilarmonlarining pudrat ishlari, sanoat va xizmat koʻrsatish sohasidagi tajribalarini eʼtiborga olib, bu sohadagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar iqtisodni rivojlantirishda kichik va oʻrta korxonalarning muhim rol oʻynayotganini taʼkidlab, Oʻzbekistonda va Turkiyada shu kabi korxonalarning faoliyatiga oʻzaro koʻmaklashishga ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik sohalarida hamkorlikni mustahkamlashning muhimligini taʼkidlab, bu sohada Oʻzbekiston ega boʻlgan potensialni, shuningdek Turkiyaning bu sohadagi tajribasi va imkoniyatlarini eʼtiborga olib, olimlar, mutaxassislar, ilmiy-texnik axborot bilan almashishga, shuningdek manfaatdor boʻlgan davlat va xususiy tashkilot va firmalar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashishga ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar hamkorlikning shartnoma-huquq bazasini takomillashtirish, imzolangan shartnomalarni, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy aloqalar sohasidagi, xususan ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi Bitim va boshqa hujjatlarni yaqin vaqtda amalga tatbiq etish toʻgʻrisida ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tomonlar turli sohalarda, xususan, bank ishida, sugʻurta sohasida, tabiiy resurslar qazib chiqarish va qayta ishlash sohalarida iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tomonlar iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda kommunikatsiya va transport sohasidagi hamkorlikning muhimligini taʼkidlab, quruq yoʻl va havo yoʻli orqali yuk tashishlarni yanada rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tomonlar oʻzaro iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni kengaytirish uchun yaqin vaqtda qoʻshma iqtisodiy komissiyaning majlisini oʻtkazishga ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tomonlar ular oʻrtasida mavjud boʻlgan alohida munosabatlar asosida madaniyat, sanʼat, televideniye, radio, turizm va sport sohalaridagi munosabatlarni bundan buyon ham rivojlantirishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim sohasida, shu jumladan studentlar va oʻquvchilar bilan almashuv sohasidagi hamkorlikning rivojlanishidan mamnun ekanliklarini, shuningdek bu hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirish birodar oʻzbek va turk xalqlarining yaqinlashuviga katta hissa qoʻshishini bildirdilar, yana shuningdek universitetlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning rivojlanishiga koʻmaklashishga qaror qildilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tomonlar parlamentlararo aloqalarni va hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni kelgusida mustahkamlashda yuqori darajadagi kontakt va uchrashuvlarning muhim ahamiyatini taʼkidladilar va tegishli vazirliklar va tashkilotlar oʻrtasida kontakt va maslahatlashishlarni kengaytirish toʻgʻrisida ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandum Toshkent shahrida 1995-yil 9-iyulda oʻzbek va turk tillarida ikki nusxada tuzildi, ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)