Oʻzbekiston Respublikasi bilan Liviya Arab Xalq Sotsialistik Buyuk Jamohiriyasi oʻrtasida
Qoʻshma Kommyunike
Diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Liviya Arab Xalq Sotsialistik Buyuk Jamohiriyasi ikki mamlakat xalqlarining manfaatlari va irodalaridan kelib chiqqan holda, oʻzaro doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish istagida, Diplomatiya munosabatlari toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasi hamda Konsullik munosabatlari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasi qoidalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bilan Liviya Arab Xalq Sotsialistik Buyuk Jamohiriyasi oʻrtasida ushbu Qoʻshma Kommyunike imzolangan kundan eʼtiboran diplomatik munosabatlar oʻrnatishga qaror qildilar.
Oʻzaro diplomatik munosbatlarni oʻrnatar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi hamda Liviya Arab Xalq Sotsialistik Buyuk Jamohiriyasi Birlashgan millatlar tashkiloti Nizomi hamda xalkaro hukuq normalarida aks ettirilgan tamoyillar va maqsadlar asosida ikki davlat oʻrtasida doʻstona munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirishga ahdlashdilar.
Ikkiyoqlama elchilarni akkreditatsiya qilish tomonlarning kelgusidagi kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ushbuni tasdiqlab quyida imzo chekuvchilar tegishli vakolatga ega holda mazkur Qoʻshma Kommyunikeni imzoladilar.
Anqara shahrida 2010-yil 27-oktabrda, ikkita asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
(imzolar)