Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2014-yil 9-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-135-II-sonli;
2014-yil 12-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2010 — 2014-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi KQ-139-II-sonli.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-noyabr,
SQ-463-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 11-son, 324-modda)