Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-avgustda 2475-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 2-iyundagi 2020-21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3248, 18.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-yanvardagi PQ-1910-son “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 27-maydagi 2013-26-son qarori (roʻyxat raqami 2475, 2013-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 349-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandidagi “(roʻyxat raqami 565, 1998-yil 17-dekabr)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 2687, 2015-yil 22-iyun)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-avgust,
2015-27-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 10-avgust
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 10-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 10-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 33-son, 444-modda)