Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.2010 05.07.2002 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.2010
Hujjat 01.04.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTR TARMOQLARI VA INShOOTLARINI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 93-sonli “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr taʼminotining ishonchliligini va elektr tarmoqlari muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektr tarmoqlari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Qoidalarni mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va tegishli plakatlar chiqarish yoʻli bilan aholini Qoidalar bilan tanishtirishni tashkil etsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar elektr tarmoqlari joylashgan joylarda ishlarni amalga oshirayotgan oʻzlariga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan koʻrsatib oʻtilgan Qoidalar bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.Y. Atayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-iyuldagi 243-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmoqlari va inshootlarini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida elektr tarmoqlarini oʻrnatish, ularning saqlanishini taʼminlash va muhofaza zonasida ulardan foydalanish tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoidalarning amal qilishi elektr tarmoqlarining mulkchilik shakllari va idoraviy tegishliligidan qatʼi nazar, elektr tarmoqlarining barcha liniyalariga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoidalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qoidalarda elektr tarmoqlari deganda kichik stansiyalar, taqsimlash qurilmalari, tok oʻtkazgichlar, elektr uzatish havo liniyalari*, elektr uzatish yer osti va suv osti kabel liniyalari va ularga tegishli boʻlgan inshootlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Keyingi oʻrinlarda “tok oʻtkazgichlar” va “elektr uzatish havo liniyalari” “elektr uzatish havo liniyalari” deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Elektr tarmoqlari va inshootlarini joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elektr tarmoqlari qurilishi uchun yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonasi — yer uchastkasi yoki yuzasidan tubigacha suv makonidir. Ularga egalik qilish va ulardan foydalanishning alohida tartibi belgilanadi. Mazkur Qoidalarga muvofiq belgilangan elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari ajratilgan yer uchastkalari hisoblanadi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ixtiyorida elektr tarmoqlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar trassalarning ijroiya topogeodeziya surʼatlari materiallarini ularni yerdan foydalanishning tegishli xaritalariga kiritish uchun hududiy arxitektura va qurilish organlariga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari hududlar kadastr boʻyicha boʻlingan va yer uchastkalari kadastr boʻyicha suratga olingan holda qishloq joylarda yer resurslari tuman xizmatlari tomonidan, shaharlar va posyolkalarda koʻchmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan naturada belgilanadi hamda kadastr ishida qayd etilishi va yer uchastkaning kadastr rejasida aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ifloslantirish va elektr tarmoqlarining korroziyaga uchrashi manbai boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarida ifloslanish va korroziyaga uchrashni cheklovchi yoki elektr tarmoqlarining ifloslanish (korroziya) zonasidan chiqarish bilan bogʻliq chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mavjud elektr tarmoqlari muhofaza zonalarining yer maydoni yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari, shu jumladan ijarachilardan olib qoʻyilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan davlat qoʻriqxonalari, tabiiy bogʻlarning qoʻriqxona zonalari va davlat biosfera rezervatlaridan tashqari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda elektr tarmoqlari qurilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektr tarmoqlari ushbu elektr tarmoqlari oʻz ixtiyorida boʻlgan tashkilotlar tomonidan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari mazkur Qoidalar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 10 metrgacha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metrgacha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metrgacha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metrgacha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metrgacha masofada chetdagi simning liniyasidan har ikki tomon boʻyicha turuvchi cheklangan vertikal tekislik yer uchastkasi va havo makoni shaklidagi elektr uzatish havo liniyasi boʻylab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er yuzasida (ularning cheklanmagan holatida) har ikki tomonidan 2 metr chetdagi sim proyeksiyasida turgan yer uchastkasi, cheklangan parallel toʻgʻri shakldagi ming voltgacha elektr uzatish havo liniyalari boʻylab (binolarga kirish uchun tortilgan simlardan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki tomondan bir metr chetdagi kabellarda turgan, kabel liniyalari shaharlarda yoʻlaklar ostidan oʻtgan taqdirda — 0,6 metr binolar va inshootlar tomonga va koʻchaning odamlar yuradigan tomoniga 1 metr yer uchastkasi, cheklangan parallel toʻgʻri shakldagi elektr uzatish yer osti kabel liniyalari boʻylab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki tomondan chetdagi kabellardan 100 metrgacha masofada turgan vertikal tekislik oʻrtasidagi tubning suv yuzasidan suv makoni uchastkasi shaklida elektr uzatish suv osti kabel liniyalari boʻylab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr uzatish liniyalari bilan eng yaqindagi binolar va inshootlar, shuningdek daraxtlar va boshqa koʻp yillik oʻsimliklar oʻrtasidagi yoʻl qoʻyiladigan eng kam masofa elektr qurilmalarini loyihalashtirish va oʻrnatish asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalarning 11-bandida nazarda tutilgan hollarda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari oʻlchovi va ularning rejimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda elektr tarmoqlari oʻz qaramogʻida boʻlgan tashkilot tomonidan belgilanadi. Elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish uchun kirish yoʻllari va boshqa inshootlar Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
(13-bandning oxirgi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar elektr uzatish liniyalari oʻrmon massivlari orqali oʻtsa, bevosita simlarga yaqin joyda oʻsgan daraxtlar elektr uzatish liniyasidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan kesib tashlanadi. Elektr uzatish liniyalari parklar, bogʻlar va boshqa koʻp yillik daraxtlar orqali oʻtsa daraxtlarni kesish elektr uzatish liniyasidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Tomonlarning kelishuviga koʻra esa ushbu daraxtlar oʻz ixtiyorida boʻlgan tashkilot tomonidan yoki bogʻlar va boshqa koʻp yillik daraxtlarning egalari boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan elektr uzatish liniyasidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda kesiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tor yoʻllar ochish uchun daraxtlarni kesish elektr tarmoqlari egalari tomonidan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlarining shartlari boʻyicha amalga oshiriladi. “Daraxtlarni kesish qoidalari” (Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qaroriga 2-ilova) buzilishiga yoʻl qoʻygan elektr tarmoqlari egalari buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Avariya holatlarining oldini olish uchun elektr uzatish liniyalari oʻtgan joylarda ushbu liniyalar trassasiga tutashib ketgan oʻrmon massivlarida ayrim daraxtlarni ushbu daraxtlar qaraydigan tashkilotning ruxsati bilan, keyinchalik oʻrmon kesish chiptalari (dalolatnomalari)ni belgilangan tartibda rasmiylashtirgan va kesish joyini kesish qoldiqlaridan tozalagan holda kesishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kabel langar, baliqchilik changagi yoki boshqa usul bilan yuqoriga koʻtarilgan taqdirda kapitanlar, kema egalari kabelni holi qilish choralarini koʻrishga va yuz bergan voqea toʻgʻrisida eng yaqindagi energiya taʼminoti tashkilotiga xabar qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uzilgan, yerda yotgan yoki osilib turgan elektr uzatish havo liniyasi simini koʻrgan, shuningdek tirgakning yiqilishi yoki simning uzilishi xavfini sezgan fuqarolar bu haqda darhol eng yaqindagi energiya taʼminoti tashkilotiga yoki tuman (shahar) hokimligiga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ixtiyorida elektr tarmoqlari va kabel liniyalari boʻlgan tashkilotning yozma roziligisiz elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini, yonilgʻi-moylash materiallari va boshqa tez yonadigan materiallarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday turdagi kon, ortish-tushirish, suv havzasi tubini chuqurlashtirish, tuproq kavlab olish, portlatish, melioratsiya ishlarini amalga oshirish, daraxtlar va butazorlarni ekish va kesish, dala shiyponlari qurish, mol uchun qoʻra, sim toʻsiqlar qurish, uzumzorlar va bogʻlar uchun shpalerlar oʻrnatish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq va boshqa suv jonivorlarini suv osti changaklari bilan tutish, suv oʻsimliklari chiqarib olish, muzni yorish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl yuzasidan yuk bilan yoki yuksiz balandligi 4,5 metrdan ortiq boʻlgan mashina va mexanizmlarning yurishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,3 metrdan ortiq chuqurlikda, shudgorlanadigan yerlarda esa 0,45 metrdan ortiq chuqurlikda qazish ishlarini amalga oshirish, shuningdek tuproqni tekislash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektr tarmoqlarining normal ishlashini buzishi, ularning shikastlanishiga yoki baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin boʻlgan biror-bir harakatni sodir etish, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanchlarga, simlarga chet buyumlarni yaqinlashtirish, shuningdek tayanchlarga chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday uyumlar hosil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozuqa, oʻgʻit, poxol, oʻtin va boshqa materiallarni toʻplash, olov yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinlar uchun sport maydonlari, stadionlar, bozorlar qurish, jamoat transportining toʻxtash komplekslari, mashina va mexanizmlarning barcha turlari toʻxtaydigan joylari qurish, belgilangan tartibda ruxsat berilgan ishlarni bajarish bilan band boʻlmagan odamlarning koʻp toʻplanishi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
varraklar, uchish apparatlarining sport modellarini, shu jumladan boshqarilmaydigan modellarini uchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvvati 500 kV boʻlgan elektr uzatish liniyasining muhofaza zonasida temir yoʻl transportidan tashqari barcha transport turlarining toʻxtashi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Elektr tarmoqlari ustidan va ular yaqinidan havo kemalarining parvozi, havo makonidan boshqacha tarzda foydalanish, shuningdek elektr tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻidan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Koʻrsatib oʻtilgan ishlarni yuritishga yozma rozilik olgan tashkilotlar elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida ushbu tarmoqlarning saqlanishini taʼminlovchi shart-sharoitlariga rioya qilgan holda ularni bajarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Elektr tarmoqlari muhofaza zonalari yaqinida ularning shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan portlatish, qurilish ishlari va boshqa ishlarni olib boruvchi tashkilotlar ishlarni bajarish boshlanishidan kamida 12 sutka oldin elektr tarmoqlari oʻz ixtiyorida boʻlgan tashkilotlar bilan elektr tarmoqlari saqlanishini taʼminlovchi ushbu ishlarni bajarish shartlari va tartibini kelishishga hamda tegishli chora-tadbirlar koʻrishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Elektr tarmoqlari muhofaza zonalarida portlatish ishlarini olib borishga yozma rozilik ushbu ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining tegishli ruxsatnomasi taqdim etilgandan keyin beriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyorida elektr tarmoqlari boʻlgan tashkilotlarga elektr tarmoqlari muhofaza zonalarida ishlarni olib borishga yozma rozilik berish rad etilishining sabablari koʻrsatilishi kerak va rad etish yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzlarining yer uchastkalari orqali elektr tarmoqlari oʻtadigan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu liniyalar saqlanishini taʼminlashga koʻmaklashadigan oʻzlariga bogʻliq barcha choralarni koʻrishga, elektr tarmoqlari egalari bilan ushbu ishlarni amalga oshirish joyi va muddatlari oldindan kelishilmasdan binolar va inshootlar qurilishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Elektr tarmoqlarini qayta oʻrnatish va koʻchirish elektr tarmoqlari egalari bilan kelishilgan texnik shartlar boʻyicha, ishlarni bajaruvchilar, asosiy qurilishni yoki ishni amalga oshiruvchi yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer egalari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yer ishlarini amalga oshiruvchilar ushbu ishlarni olib borishning texnik hujjatlarida qayd etilmagan yer osti kabellari aniqlangan taqdirda aniqlangan kabellar atrofida ish olib borishni darhol toʻxtatishga, ularning saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishga va bu haqda joylardagi davlat hokimiyati organlariga va elektr tarmoqlari egalariga xabar berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Muhofaza zonalarida elektr tarmoqlaridan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar elektr tarmoqlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlari va maxsus rejimli obyektlar hududidan oʻtsa, u holda tegishli tashkilotlar elektr tarmoqlari egalariga sutkaning istalgan vaqtida koʻzdan kechirish va ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma berishi kerak.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Muhofaza zonalari va oʻrmon soʻqmoqlarida elektr tarmoqlari egalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr tarmoqlariga, asbob-uskunalar va transformator kichik stansiyalariga foydalanish xizmati koʻrsatish uchun zarur boʻlgan yoʻllar, kirish yoʻlaklari va boshqa inshootlar qurishga (er ajratish va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga tutashishga qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik albatta koʻmib tashlagan va yerlarni tekislagan holda ushbu elektr tarmoqlarini taʼmirlash uchun chuqurlar va xandaklar ochishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon soʻqmogʻining belgilangan kenglikda boʻlishini taʼminlash uchun daraxtlarni kesishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishga moʻljallangan yerlarda elektr tarmoqlaridan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini olib borishga (avariya-tiklash ishlaridan tashqari), qoidaga koʻra, ushbu yoʻllar qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band boʻlmagan paytda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariyalarni tiklash ishlari (ekin bor-yoʻqligidan qatʼi nazar) istalgan davrda oʻtkazilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan ishlar bajarilgandan keyin elektr tarmoqlari egalari qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli holatga keltirishlari, shuningdek, agar elektr tarmoqlarining shikastlanishi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilar tomonidan mazkur Qoidalar talablari buzilishi oqibatlari boʻlmasa, avariya-tiklash ishlarini yuritishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilarga yetkazilgan zararni qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Elektr uzatish liniyalarining muhofaza zonasi temir yoʻl yoki avtomobil yoʻllari polosasi, quvurlar, aloqa liniyalari, boshqa elektr uzatish liniyalari va hududning mos kelish uchastkalaridagi oʻzga obyektlarning qoʻriqlanadigan zonalariga toʻgʻri kelib qolganda ushbu zonalardan foydalanish tomonlarning kelishuviga koʻra manfaatdor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yoʻl qoplamalari va tuproq olinishini talab etuvchi elektr tarmoqlarini taʼmirlash ishlari (avariya-tiklash ishlaridan tashqari) bunday ishlarni olib borish shartlari tegishli yoʻl tashkilotlari bilan, shaharlar va boshqa aholi punktlari doirasida – joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgandan keyin olib borilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumot elektr tarmoqlari egalariga tegishli organ tomonidan ishlarni bajarish zarurligi toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan boshlab 3 kun muddatda yuborilishi kerak. Ish joylarini toʻsish tegishli organlar bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya-tiklash ishlari ularni amalga oshirish shartlari oldindan kelishilmasdan, biroq ishlar bajariladigan joyga yoʻl tashkiloti yoki joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakilini albatta chaqirgan holda oʻtkaziladi. Bunda ushbu ishlarni bajaruvchi elektr tarmoqlari egalari transport va yoʻlovchilar uchun zarur ogohlantirish belgilari qoʻygan holda avariya joylarini aylanib oʻtish yoʻllari qurishlari hamda ishlarni bajarish tugallangandan keyin tuproqni tekislashi va yoʻl qoplamalarini tiklashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida ushbu elektr tarmoqlari shikastlanganligini ogohlantirishda va barcha yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur Qoidalar talablariga rioya etishini taʼminlashda elektr tarmoqlari egalariga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Muhofaza zonalari doirasida ishlarni bajarish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sanoat qurilishi va boshqa qurilish uchun, shuningdek qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun ajratiladigan uchastkalarda elektr tarmoqlari mavjud boʻlgan taqdirda mazkur uchastkalarni olgan tashkilotlar ulardan foydalanishni elektr tarmoqlarining tegishli egalari bilan kelishishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Elektr tarmoqlariga ega boʻlgan yer uchastkalarida qurilishga rozilik olish uchun quruvchilar tomonidan ushbu obyekt loyihasi mazkur elektr tarmoqlari egasiga taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya vaziyatlarida loyihasiz bajariladigan qurilish, taʼmirlash ishlari va boshqa ishlarni bajarish (yer osti kabel liniyalari trassalarida — chuqur qazish, yoʻllarni vaqtincha aylanib oʻtish, kirish yoʻlini yopish va suv chiqarish uchun tuproqni qazish, dalalarni tekislash, qoziqoyoq qoqish, toʻsiq uchun tayanch oʻrnatish, tuproq namunasi olish, turli maqsadlar uchun xandaq qazish va boshqalar) uchun elektr tarmoqlari egalarining yozma roziligi olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Loyihasiz amalga oshirilayotgan ishlar bajarilayotgan zonada yer osti elektr kabellari boʻlishi mumkinligini aniqlash uchun ishlarni bajaruvchilar tomonidan viloyat, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)dan axborot olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmoqlari muhofaza zonasida amalga oshiriladigan ishlarning buyurtmachisi (quruvchi) ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr kabeli joylashgan joyni texnik hujjatlar boʻyicha aniq belgilash, ularning chuqurligini aniqlash va qurilayotgan obyekt inshootlari bilan oʻzaro joylashishini aniqlash uchun elektr tarmoqlari egasining vakilini chaqirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yer osti elektr kabellarining aniq joylashishini belgilash ishlar bajariladigan zonada ularning butun uzunligi boʻyicha amalga oshiriladi hamda buning uchun elektr tarmoqlari egasi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qurilish uzoq muddat davomida olib borilgan taqdirda ishlarni bajarish zonasida yoʻl osti elektr kabellarining aniqlashtirilgan trassasi boʻyi 1,5-2 metr boʻlgan koʻrsatkich qoziqlar bilan belgilanishi kerak. Koʻrsatkich qoziqlar trassaning toʻgʻri uchastkalarida barcha trassa burilishlarida trassaning toʻgʻri oʻqidan 0,5 metr cheklanishning barcha nuqtalarida har 15-20 metrga, shuningdek ishlar qoʻlda bajariladigan tuproqni qazish chegaralarida oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkich qoziqlar oʻrnatish, quduq qazish ishlari elektr tarmoqlari egasining vakili ishtirokida quruvchining kuchi va mablagʻlari hisobiga bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trassani koʻrsatkich qoziqlar bilan belgilamasdan yer ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlar boshlangungacha ishlarni bajaruvchilar yer osti elektr kabellari trassalarining joylashishi, ularning joyidagi belgilanishi bilan tanishishi kerak. Ular bilan, shuningdek elektr kabellari saqlanishini taʼminlovchi qoʻlda va mexanizatsiya usulida yer ishlarini bajarish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomalar beriladi. Bundan tashqari, ular elektr kabellarida odamlarning hayoti uchun xavfli boʻlgan kuchlanish borligini hisobga olgan holda elektr toki urish xavfi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan elektr kabel liniyalari shikastlantirilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilishlari kerak. Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlarni olib borishda ushbu elektr kabellari egasining vakilini chaqirish zarurligi koʻrsatilishi, zarur hollarda esa, qoʻlda bajariladigan ishlarning sxemasi berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalaridagi ishlar ularning bajarilishi uchun masʼul shaxsning kuzatuvida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Havo va kabel liniyalarining muhofaza zonasida ishlarni bajaruvchilar ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr tarmoqlari egasiga telefonogramma orqali yoki shaxsan ularni bajarishda vakillar hozir boʻlishi zarur boʻlgan ishlarni bajarish sanasi va soati toʻgʻrisida maʼlum qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan vakillar ish bajarilayotgan joyga kelmagan taqdirda ishlarni bajaruvchilar bir sutka mobaynida bu haqda elektr tarmoqlari egasiga xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmoqlari va kabel liniyalarining muhofaza zonasida koʻrsatib oʻtilgan vakillar hozir boʻlmagan holda yer ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yer osti kabellarining bevosita yaqinida tuproq ishlarini faqat belkuraklar yordamida, qattiq zarb bermasdan bajarishga yoʻl qoʻyiladi, zarbali asboblar (lom, kirka)dan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Elektr kabel tarmoqlarining ishlab turgan kommunikatsiyalar bilan kesishgan joylarda yer ishlari eng qisqa muddatlarda oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ixtiyorida qurilayotgan yoki ishlayotgan elektr uzatish kabel liniyalari boʻlgan tashkilotlar koʻrsatib oʻtilgan liniyalarni begona toklardan himoya qilish choralarini koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ixtiyorida elektr tarmoqlari boʻlgan tashkilotlarning xodimlariga taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun boshqa tashkilotlarning hududida joylashgan tarmoqlar obyektlariga belgilangan tartibda toʻsiqsiz kirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalari bilan kesishish joylaridagi avtomobil yoʻllarida ushbu liniyalarning muhofaza zonalarida transport toʻxtashini taqiqlovchi yoʻl belgilari oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tabiiy ofatlar tufayli elektr tarmoqlari shikastlanganda, shuningdek shikastlanishining oldini olish maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimliklariga zarur hollarda ularning vakolatlari doirasida elektr tarmoqlari va inshootlari shikastlanishini bartaraf etish va shikastlanishining oldini olish ishlariga tashkilotlarni jalb qilish huquqi beriladi. Bunday hollarda bajarilgan ishlarga haq toʻlash va sarflangan moddiy resurslar qiymatini qoplash ixtiyorida elektr tarmoqlari boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalaridagi va ular yaqinidagi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida elektr tarmoqlari boʻlgan tashkilotlar xodimlarining elektr tarmoqlari saqlanishini taʼminlashga va baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan talablarini bajarishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyorida elektr tarmoqlari boʻlgan tashkilotlarning xodimlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalar talablari buzilgan holda bajarilayotgan ishlarni toʻxtatib qoʻyish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yer osti kabellari, ular elementlarining havo liniyalari shikastlangan taqdirda ishlarni bajaruvchi bu haqda darhol ushbu elektr tarmoqlarining egalariga maʼlum qilishi va shikastlanishni zudlik bilan bartaraf etishda yordam koʻrsatishi, shu jumladan ishchi kuchi va mexanizmlar ajratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Qoidalar buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma ixtiyorida elektr tarmoqlari boʻlgan tashkilotlarning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi. Mazkur qoidalar buzilganligi toʻgʻrisida dalolatnomalar tuzishga vakolatli mansabdor shaxslar roʻyxati har yili energiya taʼminoti tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etish bilan bogʻliq nizolar, shuningdek muhofaza zonasida elektr tarmoqlarini oʻrnatish, qoʻriqlash va foydalanish tartibi buzilganda paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Qoidalar talablarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zararni qoplaydilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 13-son, 105-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 2004-y., 28-son, 321-modda; 2005-y., 14-son, 103-modda)