05.04.2012 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Kipr Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Turizm sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Kipr Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosida yanada rivojlantirishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakat oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda turizmning muhim ahamiyatga ega ekanligini eʼtiborga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki mamlakatning turmush tarzi, tarixi va madaniyati bilan oʻzaro tanishish hamda turistlar almashinuvni kuchaytirish maqsadida turizm sohasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlaydilar va kengaytiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida turistlar oqimini kuchaytirish maqsadida oʻzlarining amaldagi milliy qonunlari doirasida viza olish bilan bogʻliq jarayonlarni soddalashtirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki davlat oʻrtasida turizmni, xususan guruh va yakka tartibdagi turizm, tematik turizm hamda kongresslar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, sport anjumanlari, musiqiy va teatrlashtirilgan festivallar kabi ixtisoslashtirilgan turistik guruhlarni rivojlantirishga alohida ahamiyat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan “Oʻzbekturizm” Milliy Kompaniyasi va Kipr Respublikasi tomonidan Kipr Turizm Tashkiloti Tomonlarning turizm sohasidagi vakolatli organlari oʻrtasida turizmni rivojlantirish boʻyicha faoliyat olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turizm sohasidagi vakolatli organlar bilan turistik tashkilotlari hamda turizmni rivojlantirishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida faoliyat olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turistlar oqimini kuchaytirish maqsadida nashriyot, reklama, bosma va audio materiallar almashinuvi yordamida hamda koʻrgazmalarda ishtirok etish orqali turizmga oid maʼlumotlar tarqatish masalalarini ijobiy hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mehmonxonalar va boshqa muassasalarda kadrlar tayyorlashni hamda turizmni rivojlantirishga oid loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat muassasalari va xususiy tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar imzolashni ragʻbatlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish masalalarini ijobiy hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz vakolatli organlarining xalqaro turizm tashkilotlari bilan hamkorligini yanada rivojlantirishga intiladilar va mazkur sohadagi yutuqlari boʻyicha oʻzaro maʼlumot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzlarining turizm sohasidagi vakolatli organlari va tashkilotlari oʻrtasida turizm boʻyicha bilim, tajriba, maʼlumot va boshqa hujjatlar bilan almashinuvning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga alohida ahamiyat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning qoʻllanilishi va talqin etilishi yuzasidan kelib chiqadigan barcha kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida muzokara va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuvi asosida uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida protokollar koʻrinishida kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlarning uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil davomida amalda boʻladi va agar Tomonlardan biri oʻzining ushbu Bitimni amal qilishini toʻxtatish maqsadi toʻgʻrisida ikkinchi Tomonni tegishli muddat tugashidan kamida olti oy ilgari yozma ravishda xabardor qilmasa, uning amal qilish muddati oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik davrlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2012-yil 5-aprelda har biri oʻzbek, grek va ingliz tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)