Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2018 02.07.2002 yildagi 240-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2018
Hujjat 28.02.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA YENGIL SANOATINI RIVOJLANTIRISh VA BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-iyuldagi PF-3102-son Farmonini bajarish hamda toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirish, tarmoq korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va uni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2005-yilgacha boʻlgan davrda toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruviga Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda, zarurat boʻlganda 2005-yilgacha boʻlgan davrda toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasida nazarda tutilgan investitsiya loyihalari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga mulkchilikning turli shakllaridagi, paxta tolasini qayta ishlash, trikotaj, tikuvchilik va chinni buyumlar ishlab chiqarish, shuningdek kompaniya ustaviga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar kirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) davlat-aksiyadorlik kompaniyasi apparati taʼminoti oʻz xoʻjalik faoliyati va uning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻtkaziladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar roʻyxati 2 va 3*-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarining cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 58 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boshlangʻich ustav sarmoyasi kompaniyaning ustav sarmoyasidagi davlat ulushi hisobiga 5-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining kompaniyaga (tasarruf etish huquqisiz) beriladigan aksiyalari davlat paketlari, shuningdek qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi mol-mulki hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi bilan birgalikda aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini va kompaniya tarkibiga kiruvchi qoʻshma korxonalardagi ulushlarni “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga berishni belgilangan tartibda bir oy muddatda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi toʻqqiz kishidan, shu jumladan rais va uning uch nafar oʻrinbosaridan iborat boʻladi, oʻrinbosarlardan biri birinchi oʻrinbosar hisoblanadi. Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari belgilangan tartibda kompaniyaning yuqori boshqaruv organlari tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda ijro etuvchi apparat tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari 2005-yilgacha boʻlgan davrda toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasiga kirgan obyektlarni qurish va texnika bilan qayta jihozlash uchun keltiriladigan texnologiya asbob-uskunalari va asbob-uskunalarga ehtiyot qismlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) istisno tariqasida 2006-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilgacha boʻlgan davrda toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-martdagi topshirigʻiga muvofiq, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis I sessiyasida belgilangan iqtisodiyotdagi islohotlar va qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirishning umumdavlat strategiyasi doirasida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyada tarmoqning hozirgi ahvoliga baho berilgan va 2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston yengil sanoatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasining maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. 2005-yilgacha boʻlgan davrda respublikada yengil sanoatni rivojlantirishning muhim yoʻnalishlari boʻyicha yagona siyosat strategiyasini belgilash ushbu Konsepsiyaning maqsadidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yengil sanoatni rivojlantirish Konsepsiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi manfaatlarini koʻzlab ip-gazlama mahsulotlarini aholi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va sohalari, mudofaa va toʻqimachilik mahsulotlari eksportchilari ehtiyojlarini qondirish imkonini beradigan hajmlarda ishlab chiqarishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirishni amalga oshirish, mahalliy xomashyo-paxta tolasini chuqur qayta ishlashni koʻpaytirishni taʼminlaydigan yangi, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va uning turlarini kengaytirish, uning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tarmoqning eksport potensialini ancha oʻstirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqda yangi ish oʻrinlari yaratish, ekologiya jihatidan xavfsiz ishlab chiqarishlarni tashkil etish, toʻqimachilik va yengil sanoat xodimlarining taʼlim darajasini va maxsus bilimlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro bogʻliq tarmoqlar, shu jumladan kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun moddiy-texnik bazani shakllantirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Qoʻyilgan maqsadga erishish tarmoqda tarkibiy qayta oʻzgartirishlar, ishlayotgan korxonalarni texnik jihatdan yangilash va zamonaviylashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda yangi, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab chiqarishni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish bilan bogʻliq boʻlgan vazifalarni hal qilishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani roʻyobga chiqarishda mavjud ishlab chiqarish fondlari ishga solinadi va toʻqimachilik sanoati obyektlarining ilgari boshlangan qurilishlari nihoyasiga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tarmoqning hozirgi ahvolini baholash va Konsepsiyani amalga oshirish zaminlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. 90-yillar boshida yengil sanoat korxonalari asosan maʼnaviy va fizik jihatdan eskirgan, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qodir boʻlmagan asbob-uskunalar bilan jihozlangan edi. Ushbu korxonalarda oʻrnatilgan texnologik asbob-uskunalar va umuman mehnat sharoitlari zamonaviy talablarga javob bermasdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishda 973,3 ming dona urchuq ishga solingandi va respublikada tayyorlanadigan paxta tolasining 10 foizdan kamrogʻi qayta ishlanardi. Mahsulotni eksport qilish 7,7 mln. AQSh dollaridan oshmasdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman mintaqaga xomashyo bazasi sifatida qaralardi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish tarmogʻi (tikuvchilik va trikotaj tarmogʻi) rivojlanmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Mustaqillikka erishilgach va Hukumatning qoʻllab-quvvatlashi tufayli tarmoqda tub oʻzgarishlar yuz berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarori tarmoq korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va yangi quvvatlarni ishga tushirish dasturi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqda 35 tadan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshirildi, 152 mlrd soʻmlik kapital qoʻyilmalar, shu jumladan 644,4 mln. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi. Paxta tolasini qayta ishlashning yillik hajmi 240 ming tonnaga (tayyorlangan hajmning 24 foizi) yetkazildi. 814 ming dona ip yigirish urchuqlari — zamonaviy, yuqori samarali toʻqimachilik asbob-uskunasi ishga tushirildi. Bu mavjud texnologik asbob-uskunalar parkining 83,7 foizini tashkil qildi. 733 mln. AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilindi. Qoʻshimcha ravishda 32 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalarini jalb etgan holda Toshkent va Toʻytepa shaharlaridagi ikkita yirik fabrikani birlashtirgan “Qabul-Oʻzbek KO” QK, “Qabul-Fargʻona Ko” QK, “Chinoz toʻqimachi” QK, “Oqsaroy toʻqimachi Ltd” QK, “Kosonsoy Tekmen” QK, “Papfen” QK tashkil etildi, “Namangan toʻqimachi” AJ, “Asnam toʻqimachi” AJ, “Qashtoʻqimachi”, “Gurlan”, “Antoʻqimachi” toʻqimachilik komplekslari, “Qorakoʻltoʻqimachi” QK, “Midatoʻqimachi” QK va boshqalar texnika bilan qayta jihozlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy mablagʻlar hisobiga “Buxorotoʻqimachi” AJ, “Chinobod PTF” AJ, “Toshtoʻqimachi” AJ, “Yakkabogʻ toʻquvchilik fabrikasi” AJ, Toshkent viloyatidagi kraxmal ishlab chiqarish zavodida texnika bilan qayta jihozlash va qurilish ishlari amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengil sanoat korxonalarida investitsiyalarning oʻsishi quyidagi raqamlar bilan belgilanadi — 1994-yilda yengil sanoat korxonalarida xorijiy investitsiyalar hajmi 5,25 mln. AQSh dollarini tashkil qildi, 2001-yilda oʻsish darajasi 644,4 mln. AQSh dollariga yetdi, 2002-yilda esa uning 829,7 mln. AQSh dollariga yetishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda tarmoqda 17 ta qoʻshma korxona ishlayapti, ular ishlab chiqargan mahsulotning tarmoqda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmogʻi 2 foizdan 30 foizgacha, eksport salmogʻi esa 17 foizdan 88,1 foizgacha koʻpaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yilda “Xiva gilami” AJ bazasida 2,3 mln. kv. m gilam ishlab chiqarish boʻyicha “Xiva karpet” QK loyihasini amalga oshirish boshlandi, Fargʻona viloyatida 7,2 ming tonna kalava ishlab chiqarish boʻyicha “Besteks” QK loyihasini ishlab chiqish toʻliq tugallandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yilda Boʻka shahridagi (Toshkent viloyati) qurilishi tugallanmagan obyektlar bazasida Oʻzbekiston-Koreya va Oʻzbekiston-Yaponiya qoʻshma korxonalari tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish boshlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar natijasida yengil sanoat mahsulotlarini eksport qilish hajmlari oshdi. 2001-yilda mahsulot eksport qilish 1994-yildagiga nisbatan 15,5 baravardan koʻproqqa oshdi va 136,1 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. 2002-yilda ushbu koʻrsatkichni 167,9 mln. AQSh dollarigacha yetkazish moʻljallanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Toʻqimachilik va yengil sanoatni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va ustuvorliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. 2005-yilgacha boʻlgan davrda tarmoqning 40 ta korxonasida texnika bilan qayta jihozlash va qurilishni tugallash nazarda tutilmoqda, bu 2005-yilda paxta tolasini qayta ishlash boʻyicha quvvatlarni 469,1 ming tonnagacha koʻpaytirish imkonini beradi, ular 2005-yilgacha bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ip-gazlama ishlab chiqarish tarmogʻida 2005-yilgacha 24 ta ishlab turgan korxonani texnika bilan qayta jihozlash, 14 ta obyekt qurilishini taʼminlash moʻljallangan, bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va ularning turlarini kengaytirish imkonini beradi. Toʻqimachilik sohasiga kapital qoʻyilmalar miqdori 2002—2005-yillarda 1033,8 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi (1-jadval*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tikuvchilik-trikotaj tarmogʻida 2005-yilgacha trikotaj buyumlar ishlab chiqarishni 89,2 mln. donagacha (3 baravar) koʻpaytirish moʻljallanmoqda. Tikuvchilik-trikotaj tarmogʻiga kapital qoʻyilmalar hajmi 12,5 mln. AQSh dollaridan oshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Barcha boʻgʻinlarni boshqarish tizimlarini yanada takomillashtirish, tashkiliy tuzilmalarni qayta oʻzgartirish va bozor asosidagi ishlab chiqarish munosabatlarini yanada takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengil sanoat korxonalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan. Oʻzbekiston yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”)ni “Oʻzbekyengilsanoat” (“Oʼzbekyengilsanoat”) yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish nazarda tutilmoqda, unga quyidagi asosiy vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni rivojlantirishning yagona texnik, moliyaviy va texnologik siyosatini tashkil etish, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish, tarmoqda kelishilgan investitsiya siyosatini oʻtkazish, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ilgʻor sanoat texnologiyalarini joriy etish, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun korxonalarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirishni rivojlantirishda yengil sanoatning toʻqimachilik, trikotaj va tikuvchilik tarmoqlari korxonalarini kooperatsiyalashga koʻmaklashish, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ulardan foydalanishga, mahalliy kapital qoʻyilmalarni va xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqda iqtisodiy islohotlar jarayonlarini chuqurlashtirish, korxonalarni keng koʻlamda aksiyalashtirish, Davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalarini boshqarishda, ularning faolligini oshirishda qatnashish, umumiy manfaatlarga rioya etish va tarmoqni sifatli tarkibiy qayta oʻzgartirish jarayonlarini jadallashtirish ustidan yagona nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini qayta ishlash, korxonalarni zarur materiallar, texnika resurslari bilan taʼminlash, tayyor mahsulotni eksportga sotish sohasida kooperatsiyalashning yangi tashkiliy shakllarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi ehtiyojlari va talabini shakllantirishning ijtimoiy aspektlarini ishlab chiqish, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish, aholi ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish masalalarini hal etishda sanoat va savdoning oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini koʻrgazma, reklama, marketing faoliyatini samarali amalga oshirishni taʼminlovchi ixtisoslashtirilgan tuzilmalar orqali ham ichki bozorga, ham xorijiy mamlakatlar bozorlariga faol kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Konsepsiyani amalga oshirish 2001-yildagiga nisbatan ip-kalavalar ishlab chiqarishni 406,0 ming tonnagacha yetkazish, uni 3,2 baravar koʻpaytirish, xom surp ishlab chiqarishni 520,0 mln. uzala metrgacha (1,7 baravar) koʻpaytirish, trikotaj gazlamalar ishlab chiqarishni 6,8 baravar, trikotaj, gilam va tikuvchilik buyumlarini tegishli ravishda 3; 2,6 va 1,5 baravar koʻpaytirish imkonini beradi (2-jadval*). Uyushmaning eksport potensiali 2000-yildagiga nisbatan 4,7 baravar koʻpaytiriladi va 2005-yilda 650,0 mln. AQSh dollarigacha yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish natijalari va iqtisodiy samaradorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini chuqur qayta ishlash quvvatlarini oshirishni nazarda tutuvchi Konsepsiyani amalga oshirish natijasida Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatida ishlab chiqarishlarni texnologiyalar va texnika bilan jihozlashni sifat jihatidan yangilash nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Umuman olganda toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasi amalga oshirilganda quyidagi asosiy natijalarga erishiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoatining 26 ta ishlab turgan korxonasi texnika bilan qayta jihozlanadi va 14 ta yangi obyekti quriladi (3-jadval*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq korxonalari tomonidan paxta tolasini qayta ishlashning respublika boʻyicha umumiy hajmdagi salmogʻi 2001-yildagi 24 foizdan 2005-yilda 50 foizgacha koʻpayadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2,2 baravar koʻpayadi va 2005-yilda 430,0 mlrd. soʻmni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq korxonalari oladigan foyda 5,3 baravar oshadi va 50,9 mlrd. soʻmni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ravishda 24,7 ming, shu jumladan qishloq joylarda — 13,1 ming ish oʻrinlari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilgi eksport hajmi 650 mln. AQSh dollaridan, shu jumladan ip-gazlamalar boʻyicha 180 mln. AQSh dollaridan (oʻsish 4,6 baravar), tayyor buyumlar boʻyicha 26,6 mln. AQSh dollaridan oshadi yoki 4,3 baravar koʻpayadi (4-jadval*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Respublikada paxta tolasini qayta ishlashning koʻpayishi jahon bozorida paxta tolasidan foydalanish balansining qayta taqsimlanishiga olib keladi va bu:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoati asosiy ishlab chiqarishlari Oʻzbekistonda koʻpayishini ragʻbatlantirishga va respublikaga qoʻshimcha investitsiyalar jalb etilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qariyb 1046 mln. AQSh dollari miqdoridagi koʻplab kapital qoʻyilmalarning jalb etilishiga va oʻzlashtirilishiga olib keladi, bu respublikada toʻqimachilik mashinasozligini rivojlantirishga zamin yaratadi, chunki ehtiyot qismlarga, butlovchi uzellar va detallarga boʻlgan har yilgi ehtiyoj 2005-yildayoq kamida 200 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorida raqobatga bardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishda toʻqimachilik sanoatining boʻyoqlar, sintetik tolalar va boshqa yordamchi materiallarga ehtiyoji respublikada kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun asos boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston MDH mamlakatlari va uzoq xorijiy mamlakatlar bozorlarida toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha ustun mavqeni egallaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʼzbekyengilsanoat”yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining
TAShKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʼzbekyengilsanoat” yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat- aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi ijroiya apparati
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hammasi — 58 nafar
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) masalalari toʻgʻrisida” 1991-yil 20-maydagi 139-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 28-noyabrdagi 558-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi, qarorning 2, 3, 5, 7, 8-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 4-apreldagi 179-son qarorining 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarorining 11-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 13-son, 103-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 12-son, 145-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2014-y., 1-son, 6-modda)