Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016-yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 7-yanvardagi PQ–2282-son qarorini ijro etish yuzasidan va Vazirlar Mahkamasining “2015-yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda 2016-yil uchun qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 13-martdagi 60-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazirning oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-iyul,
189-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyuldagi 189-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom injiniring kompaniyasiga ajratilgan yer maydonlarida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Istisna'a bitimi — 2014-yil 22-oktabrda Islom taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida imzolangan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun 100,0 mln AQSh dollari miqdorida moliyaviy mablagʻlar berish toʻgʻrisidagi moliyaviy bitim;
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha — Vazirlar Mahkamasining “2015-yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda 2016-yil uchun qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 13-martdagi 60-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladigan Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladigan qismi yuzasidan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi;
yakka tartibdagi quruvchi (qarz oluvchi) — qishloq joylarda yashovchi va tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq qishloq joylarda namunaviy loyiha boʻyicha injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan yakka tartibdagi uy-joyni belgilangan tartibda sotib oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Keyingi tahrirga qarang.
injiniring kompaniyasi — Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha umumiy amalga oshirilishining ijro etuvchi agenti, masʼuli boʻlgan hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda yakka tartibdagi uy-joy qurilishida Islom taraqqiyot banki nomidan buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi;
bank — Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan moliyaviy agent hisoblangan “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki;
pudratchi — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari boʻyicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi pudrat tashkiloti;
Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlari — Istisna'a bitimiga muvofiq Islom taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga ajratilgan xorijiy valyutadagi moliyaviy mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
dastlabki badal — bankda qarz oluvchining nomiga ochilgan jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) yoki yuridik shaxs — qarz oluvchi ish beruvchisining pul mablagʻlari yoxud boshqa shaxslarning pul mablagʻlari shaklida kiritilgan qarz oluvchining ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2, 3 xonali) uylar va maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2, 3 xonali uylar smeta qiymatining kamida 15 foizi yoki maydoni 0,04 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va maydoni 0,06 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uylar smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻlari;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Keyingi tahrirga qarang.
yakuniy toʻlov — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qiymatining dastlabki badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymatining qolgan qismiga teng boʻlgan miqdordagi toʻlov;
yakka tartibdagi quruvchining umumiy badali — dastlabki badal va yakuniy toʻlov summasi;
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha boʻyicha uy-joy qurilishi jamgʻarma omonati — Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha boʻyicha qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ochiladigan maqsadli jamgʻarib boriladigan jamgʻarma omonati va yakka tartibdagi quruvchining umumiy badali mablagʻlarini toʻlash;
asosiy shartnoma — injiniring kompaniyasi bilan yakka tartibdagi quruvchi oʻrtasida tuzilgan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun buyurtmachining funksiyalari amalga oshirilishiga shartnoma.
II. Moliyaviy hujjatlarni imzolash huquqini rasmiylashtirish tartibi
3. Injiniring kompaniyasi Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan moliyaviy hujjatlarni imzolash huquqi berilgan vakolatli mansabdor shaxslarning imzolari namunalarini ilova qilgan holda tegishli xatni tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan moliyaviy hujjatlarni imzolash huquqi berilgan injiniring kompaniyasining vakolatli mansabdor shaxslari roʻyxati tasdiqlangandan keyin koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatni Islom taraqqiyot bankining bosh idorasiga yuboradi.
5. Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini jalb etishga buyurtmanomalar injiniring kompaniyasi tomonidan Islom taraqqiyot banki tomonidan belgilangan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi. Tayyorlangan buyurtmanomalar Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan moliyaviy hujjatlarni imzolash huquqi berilgan vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi. Soʻraladigan mablagʻlarning asoslanganligi uchun injiniring kompaniyasi javob beradi.
III. Islom taraqqiyot banki mablagʻlaridan foydalanish tartibi
6. Islom taraqqiyot banki mablagʻlari Islom taraqqiyot banki tomonidan belgilangan shakl boʻyicha injiniring kompaniyasining buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan maxsus valyuta hisob raqamiga tushadi.
7. Islom taraqqiyot bankidan tushgan mablagʻlarning soʻmdagi ekvivalenti (oʻtkazilgan kunda) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasi bosh idorasining bankda ochilgan 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” qurilishni moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Injiniring kompaniyasining ushbu hisob raqamiga tushgan mablagʻlar uch bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasi mintaqaviy filiallarining qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish uchun bankning tegishli mintaqaviy filiallarida ochilgan 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” qurilishni moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Injiniring kompaniyasi va pudratchilar ushbu moliyaviy mablagʻlarni ushbu nizom talablari hisobga olingan holda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq sarflaydilar.
IV. Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihani amalga oshirish boʻyicha boʻlim uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
10. Injiniring kompaniyasi Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihani amalga oshirish boʻyicha boʻlim (keyingi oʻrinlarda loyihani amalga oshirish boʻlimi deb ataladi) tashkil etadi, uning taʼminoti boʻyicha sarf-xarajatlar toʻliq Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlari hisobiga qoplanadi. Ushbu maqsadlar uchun injiniring kompaniyasi Islom taraqqiyot banki uchun maqbul boʻlgan tijorat bankida maxsus valyuta va soʻm depozit hisob raqamlari ochadi.
11. Loyihani amalga oshirish boʻlimi har yili injiniring kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladigan xarajatlar smetasini tuzadi. Loyihani amalga oshirish boʻlimi xarajatlari loyihani amalga oshirish boʻlimining tasdiqlangan xarajatlar smetasidan ortiq boʻlmasligi kerak.
12. Injiniring kompaniyasi Istisna'a bitimi talablaridan kelib chiqib xarajatlar smetasiga muvofiq loyihani amalga oshirish boʻlimi taʼminotiga xarajatlarni moliyalashtiradi.
V. Moliyaviy auditni oʻtkazish va yakka tartibdagi maslahatchilarni yollash uchun ajratilgan pul mablagʻlaridan foydalanish tartibi
13. Injiniring kompaniyasi konsalting va auditorlik kompaniyalari bilan Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida konsalting va auditorlik xizmatlari koʻrsatishga kontraktlar tuzadi. Konsalting va auditorlik kompaniyalarini tanlash Islom taraqqiyot bankining xaridlar tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi. Konsalting va auditorlik kompaniyalari bilan kontraktlar Islom taraqqiyot banki bilan maslahatlashuvlar asosida tuziladi.
14. Moliyaviy auditni oʻtkazish uchun auditorlik kompaniyasi xalqaro moliya institutlari bilan ishlash tajribasiga ega boʻlgan mahalliy auditorlik kompaniyalari orasidan tanlab olinishi kerak. Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida ishlar ustidan nazorat qilish va tekshirish uchun konsalting kompaniyasi Islom taraqqiyot bankining aʼzolari boʻlgan mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan konsalting kompaniyalari orasidan tanlab olinishi kerak.
15. Maxsus hisob raqamlarining auditorlik tekshiruvi har yili oʻtkaziladi, uning natijalari boʻyicha Islom taraqqiyot bankiga Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida yollangan moliyaviy auditor tomonidan tayyorlangan yillik auditorlik hisoboti taqdim etiladi. Auditorlik hisoboti Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha butun imtiyozli davr mobaynida, shuningdek asosiy qarzni qaytarish muddatlarida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Injiniring kompaniyasi Istisna'a bitimi talablaridan kelib chiqib tuzilgan kontraktlarga muvofiq moliyaviy audit va yakka tartibdagi maslahatchilarning xizmatchilariga haq toʻlaydi.
VI. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yakka tartibdagi quruvchilarga yer uchastkasi berish va shartnomalarni tuzish tartibi
17. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yakka tartibdagi quruvchilarga yer uchastkasi berish va yakka tartibdagi quruvchilar bilan shartnomalar tuzish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning II va III boʻlimlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
18. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish toʻgʻrisidagi dastlabki shartnoma yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuzilgandan keyin yakka tartibdagi quruvchi 5 kun mobaynida bankda oʻz nomiga ochilgan jamgʻarma omonat hisob raqamiga dastlabki badal mablagʻlarini toʻliq shakllantirishi kerak. Ushbu hisob raqamida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi tugallanguniga qadar yakka tartibdagi quruvchining umumiy badali toʻliq shakllantiriladi.
VII. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga ipoteka krediti berish
19. Bank tomonidan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan yakka tartibdagi uy-joyni xarid qilish uchun yakka tartibdagi quruvchiga imtiyozli ipoteka kreditini berish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda va ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Imtiyozli ipoteka krediti bank tomondan yakka tartibdagi quruvchiga qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joyni qurish tugallangandan, Davlat qabul qilish komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilib olingandan va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy pudratchi tomonidan injiniring kompaniyasiga berilgandan keyin beriladi.
Bank tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga imtiyozli ipoteka krediti berilishiga qadar injiniring kompaniyasi mustaqil ravishda bankka qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasini taqdim etishi shart.
VIII. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurishni tashkil etish va qurilishi tugallangan yakka tartibdagi uy-joyni foydalanish uchun qabul qilib olish tartibi
21. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joyni qurishni tashkil etish va pudratchini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilishi tugallangan yakka tartibdagi uy-joyni foydalanishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-fevraldagi 37-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi tugallangandan keyin injiniring kompaniyasining mintaqaviy filiali, bank filiali va yakka tartibdagi quruvchi oʻrtasida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilishi tugallangan yakka tartibdagi uy-joyni yakka tartibdagi quruvchiga mulk qilib berish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Ushbu shartnomada qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qiymatini yakka tartibdagi quruvchining umumiy badali hisobiga va bank tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli ipoteka krediti hisobiga toʻlash shartlari nazarda tutiladi.
23. Yakka tartibdagi uy-joyni yakka tartibdagi quruvchiga berishda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qiymati Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 181-bandi hisobga olingan holda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-fevraldagi 37-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalaridan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Oʻzaro hisob-kitoblar tartibi
24. Yakka tartibdagi quruvchilarning umumiy badallari mablagʻlarini injiniring kompaniyasi hisob raqamiga yuborish va ulardan foydalanish asosiy shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchilarning umumiy badallari mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarish tartib-taomili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, bank va injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuziladigan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan tartibda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joyni qurish tugallangandan keyin amalga oshiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimda yakka tartibdagi quruvchilarning umumiy badallari mablagʻlarini qaytarish qishloq joylardagi namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy Davlat qabul komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilib olingan va u pudratchi tomonidan injiniring kompaniyasiga berilgan kundan boshlab bir oydan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻz hisob raqamiga tushgan yakka tartibdagi quruvchilar umumiy badallarining mablagʻlaridan bank va Islom taraqqiyot banki bilan keyinchalik oʻzaro hisob-kitob qilish uchun foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yakka tartibdagi quruvchilarning umumiy badallari mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, bank va injiniring kompaniyasi oʻrtasidagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq bankka berilgan kredit liniyasi sifatida bankning 22010-son “Hukumatga toʻlash uchun uzoq muddatli kreditlar” hisob raqamiga yuboradi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Yakka tartibdagi quruvchining buyurtmanomasi (topshirigʻi) asosida 2015-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra amal qiluvchi eng kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan unga ajratiladigan kredit summasi bankning tegishli filiallari tomonidan injiniring kompaniyasining tegishli mintaqa filiallari 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” qurilishni moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ushbu hisob raqamlarida shakllantirilgan mablagʻlar ikki bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasi bosh idorasining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” qurilishni moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamida jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasining bosh ofisi 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” qurilishni moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamida jamlangan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bankda ochilgan 20202-son “Budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha Hukumatning talab qilib olinadigan depozitlari” depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit liniyasining jami summasi bankka taqdim etilgandan soʻng yakka tartibdagi uy quruvchilarning 20202-son “Budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha Hukumatning talab qilib olinadigan depozitlari” depozit hisobraqamidagi umumiy badal mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari hisobraqamiga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
26. Bank Islom taraqqiyot bankining mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 15 yil mobaynida qaytaradi, yillik 4 foizli stavka boʻyicha 3 yillik imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Islom taraqqiyot bankining:
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun jalb etilgan moliyaviy mablagʻlari, shu jumladan ustama haq bank va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan;
suv taʼminoti obyektlari qurish uchun jalb etilgan moliyaviy mablagʻlari, shu jumladan ustama haq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Keyingi tahrirga qarang.
28. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilish doirasida Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini oʻzlashtirish va qaytarish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
X. Ijtimoiy, bozor, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi obyektlari qurishni tashkil etish va moliyalashtirish
29. Islom taraqqiyot bankining mablagʻlari jalb etilgan holda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy massivlari uchun ijtimoiy, bozor, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi obyektlari qurishni tashkil etish va moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
Bunda qishloq turar joy massivlarida suv taʼminoti obyektlari va kirish avtomobil yoʻllari qurilishi Islom taraqqiyot bankining mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi. Injiniring kompaniyasi shartnoma asosida Islom taraqqiyot banki nomidan qishloq joylarda suv taʼminoti obyektlari va kirish yoʻllari qurilishining buyurtmachisi boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Islom taraqqiyot bankining kirish avtomobil yoʻllari qurilishi uchun sarflangan mablagʻlari obyektlar (qurilish tugallangandan keyin) buyurtmachiga topshirilgan paytdan boshlab bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobraqamiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobidan yagona toʻlov yoʻli bilan qoplanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, unga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini oʻzlashtirish va qaytarish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyuldagi 189-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 1-maydagi 116-son qarori 4-bandining “d” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “xarajatlarni qoplashga” soʻzlari “xarajatlarni qoplashga (zararlarni kompensatsiya qilishga)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “2015-yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda 2016-yil uchun qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 13-martdagi 60-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga 2015-yilda moliyalashtirish uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy sonini ishtirok etuvchi tijorat banklar oʻrtasida taqsimlash
|
T/r |
Tijorat banklari nomi |
Turar joylar soni |
|
|
1. |
“Qishloq qurilish bank” ATB |
5571 |
|
|
2. |
TIF milliy banki |
2280 |
|
|
3. |
“Ipoteka-bank” ATIB |
3049 |
|
|
JAMI |
10900 |
”. | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 369-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son; 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)