O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Xalqaro avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlari ishiga daxldor Yevropa Bitimiga qo‘shilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xalqaro avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlari ishiga daxldor Yevropa Bitimiga qo‘shilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 29-avgust,
685-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 185-modda)