Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini tartibga solish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy sotib olish jarayonlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilab qoʻyilsinki:
uy-joyni oluvchi tomon xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hisoblanganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joyni sotib olish, ayirboshlash yoki garovga qoʻyish bitishuvlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni texnik roʻyxatdan oʻtkazish byurosi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazish amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
uy-joyning egasi hisoblangan, yashash joyida boʻlmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlari uchun uzoq vaqt (12 oydan ortiq) haq toʻlanmagan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlariga haq toʻlash yuzasidan qarzlarni undirish masalasini hal qilish uchun uy-joy belgilangan tartibda xatlab qoʻyiladi;
uy-joyni hadya qiluvchining yaqin qarindoshi boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga uy-joyni hadya qilish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun uy-joyning texnik roʻyxatdan oʻtkazish byurosi organlari tomonidan aniqlangan roʻyxatdan oʻtkazish qiymatining 100 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
4. Mazkur qarorning amal qilishi:
xorijiy fuqarolar — diplomatik korpus xodimlariga;
xorijiy fuqarolar — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy firmalar, kompaniyalar va banklarning doimiy vakolatxonalari xodimlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bir hafta muddatda idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri maqomi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Toshkent shahri hokimi K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 27-fevral,
92-son