09.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2694
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 09.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2694
Кучга кириш санаси
13.07.2015
Hujjat 13.07.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2694]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. XAYRULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
02-02/12-26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 12-iyundagi 335-V, 02-02/12-26-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-sonli “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni (bundan buyon matnda yigʻimlar deb yuritiladi) undirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli bank — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan tijorat banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatliklar — xorijiy valyuta va qatʼiy hisobda turuvchi blankalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kunlik hujjatlar — operatsion kun davomida rasmiylashtirilgan xorijiy valyutada amalga oshirilgan operatsiyalar hisobini yuritish hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya xizmati — bank mijozlarining kunlik naqd pul tushumlarini inkasso qilish va qimmatliklarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda xorijiy valyutada yigʻimlar undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yigʻimlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yigʻimlarni undirish uchun tegishli bojxona postida vakolatli bank tomonidan xorijiy valyutada toʻlovlarini qabul qiluvchi bank kassasi (bundan buyon matnda maxsus kassa deb yuritiladi) tashkil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus kassa ishini tashkil qilish, qimmatliklar bilan taʼminlash va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus kassalar ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashish, mazkur Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus kassa vakolatli bank tomonidan yonmaydigan temir shkaf (seyf), telefon aloqasi, qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi, valyutaning haqiqiyligini aniqlaydigan detektor yoki tester, xorijiy valyutani naqd pulsiz shaklda qabul qiluvchi toʻlov terminali, kompyuter, printer, hisoblash texnikasi, pul sanash mashinkasi, pullarni oʻrab-bogʻlash uchun banderol, tizimcha va plombalar, kassir uchun biriktirilgan maxsus plombir, amaliyot kassasining nomi yozilgan yoki uning tartib raqami koʻrsatilgan muhr va shtamplar hamda blankalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus kassada faoliyat yuritadigan kassirlar soni uning ish hajmidan kelib chiqqan holda vakolatli bank tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus kassada ikki yoki undan ortiq kassirlar faoliyat yuritganda, vakolatli bank rahbarining buyrugʻiga asosan katta amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan kassirlardan biri katta kassir lavozimiga tayinlanadi. Katta kassir kassirlarga yuklatilgan barcha vazifalarni amalga oshirib, maxsus kassa ishiga boshchilik qiladi va kassirlarning ishini nazorat qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kassir mijozlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy valyutaning haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligini texnik vositalar yordamida tekshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yigʻimlar undirilganligi haqida kassir tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi. Bunda kassir maʼlumotnomada mijozning imzosi qoʻyilganligini hamda qayd qilingan barcha maʼlumotlarning toʻgʻri va toʻliq qoʻrsatilganligini tekshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maʼlumotnoma blankalari qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi va vakolatli bankning buyurtmasiga asosan “Davlat Belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bir xil seriyaga va zarur himoya darajalariga ega boʻlgan ikki nusxada tayyorlanadi. Maʼlumotnomaning birinchi nusxasi mijozga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maʼlumotnomalarga oʻchirib yozish, tuzatishlar kiritish va izohlar yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buzilgan, yirtilgan yoki boshqacha tarzda yaroqsiz holga kelgan maʼlumotnomalarning ikkala nusxasi ham bekor qilinib, kassir imzosi bilan tasdiqlanadi hamda kunlik hujjatlarga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qimmatliklarni olish uchun kassir tomonidan ikki nusxada mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Maxsus kassada operatsiyalarni amalga oshirish uchun boʻnak olish toʻgʻrisidagi talabnoma (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) toʻldiriladi. Talabnomaning bir nusxasi vakolatli bank kassasida qoldirilib, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli bank buxgalteriyasining masʼul xodimi tomonidan talabnoma hamda tegishli kassa va balansdan tashqari orderlar asosida uch nusxada ilova qaydnomasi tuziladi. Uning har bir nusxasi vakolatli bankning moddiy javobgar shaxsi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus kassaga joʻnatish uchun tayyorlangan qimmatliklar va ilova qaydnomasining birinchi nusxasi moddiy javobgar shaxslar tomonidan inkassatsiya xaltasiga joylanadi, shundan soʻng xalta tamgʻalanadi. Maxsus kassaga biriktirilgan har bir inkassatsiya xaltasida maxsus kassaning roʻyxat raqami va vakolatli bankning nomi yoziladi. Inkassator tomonidan xaltalar qabul qilib olingandan soʻng, ilova qaydnomasining uchinchi nusxasi imzolanadi va muhrlanadi. Ilova qaydnomasining uchinchi nusxasi vakolatli bankda qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Inkassator keltirgan xaltalar kassir tomonidan qabul qilinadi. Bunda xaltaning tamgʻa urilgan tizimchasining butligi va tamgʻa izining aniqligi sinchiklab tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qabul qilingan qimmatliklar talabnoma, ilova qaydnomasining birinchi va ikkinchi nusxalari bilan solishtirilgandan soʻng, kassir tomonidan ilova qaydnomasining ikkinchi nusxasi imzolanadi, maxsus kassaning shtampi bilan tasdiqlanadi va inkassatsiya boʻlimiga topshirish uchun inkassatorga qaytariladi. Ilova qaydnomasining birinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maxsus kassada hisobotni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kassir tomonidan operatsion kun yakunida maxsus kassada qimmatliklar asosida amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xorijiy valyutaning har bir turi boʻyicha hisobot tuziladi va imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hisobot va qimmatliklar inkassatsiya xaltasiga tasdiqlovchi hujjatlar bilan birgalikda joylanadi hamda vakolatli bankka yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Inkassator tomonidan maxsus kassadan qabul qilingan inkassatsiya xaltalari vakolatli bankning kechki kassasiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bank buxgalteriyasining masʼul xodimlari taqdim qilingan hujjatlar boʻyicha tuzilgan hisobotning toʻgʻriligini, qimmatliklarning toʻla-toʻkis topshirilganligini va ulardan toʻgʻri foydalanilganligini tekshiradi. Hisobotga kiritilgan operatsiyalarni vakolatli bank balansida aks ettirilishi bosh buxgalter tomonidan tekshiriladi va imzolanadi hamda kassir tomonidan tasdiqlovchi hujjatlari bilan birgalikda kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yigʻimlarni undirish va hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yigʻimlardan tushgan mablagʻlar (bundan buyon matnda mablagʻlar deb yuritiladi) vakolatli banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mablagʻlarni kirim qilish uchun Jamgʻarmaning xos raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) bilan vakolatli banklarda 20207 — “Respublika yoʻl jamgʻarmasining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” tranzit hisobvaragʻi (bundan buyon matnda 20207 — tranzit hisobvaragʻi deb yuritiladi) har bir xorijiy valyuta turi boʻyicha ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Operatsion kun yakunida maxsus kassa tomonidan qabul qilingan mablagʻlar tegishli vakolatli bankka inkassatsiya xizmati orqali topshiriladi. Mablagʻlar bankning keyingi ish kunida vakolatli banklardagi 20207 — tranzit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. 20207 — tranzit hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar har ish kunida bir marta markazlashgan holda ularni jamlash maqsadida Jamgʻarmaning Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan 21508 — “Bank boʻlmagan moliyaviy institutlarning talab qilib olguncha depozitlari” hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vakolatli bank tomonidan har oyda mablagʻlar boʻyicha hisobot tuziladi va hisobot oyidan keyingi oyning birinchi ish kunida Bosh bankka taqdim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bosh bank hisobotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat bojxona qoʻmitasi va Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vakolatli bank Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda bojxona boshqarmasi deb yuritiladi) bilan birgalikda har oyning 3-sanasidan kechiktirmasdan hisobot oyida Jamgʻarma hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar toʻgʻrisida ikki nusxada solishtirma dalolatnoma tuzadi. Solishtirma dalolatnoma vakolatli bank va bojxona boshqarmasining rahbarlari tomonidan imzolanadi, uning birinchi nusxasi vakolatli bankda, ikkinchi nusxasi bojxona boshqarmasida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yigʻimlarning belgilangan tartibda toʻlanishi ustidan nazorat bojxona boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 12-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

07001-shakl‎

‎‎Vakolatli bankning emblemasi

_____________________‎‎ ‎‎

_____________________‎‎

(vakolatli bankning nomi)‎‎

(kassir shtampi)‎‎

‎‎_____ _______ -sonli MAʼLUMOTNOMA — CERTIFICATE

‎‎20___ yil “ _____ ” ______________

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(mijozning familiyasi, ismi, sharifi clientʼs name, surname)

____________________________________________________________‎‎qabul qilindi.

‎‎(xorijiy valyutaning nomi, summasi — raqam va soʻz bilan yoziladi type of foreign currency, amount in figures and in words)

___________________________________________‎‎
‎(avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan davlat nomi, the name of the country, where the vehicle is registered)

‎‎_________________________________

‎‎(toʻlov turi — type of payment)

_________________________________ ____________________________
‎‎(mijozning imzosi — holder`s signature)

‎‎(kassirning imzosi — cashierʼs signature)

‎‎MAZKUR BLANKNI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TAʼQIB QILINADI UNGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISHGA YOʻL QOʻYILMAYDI
‎ BOSHQA SHAXSLARGA BERISH TAQIQLANADI

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

07002-shakl‎

____________________________
‎‎‎ruxsat beraman

‎‎Maxsus kassada operatsiyalarni amalga oshirish uchun boʻnak olish toʻgʻrisida
‎TALABNOMA

________________________________________________________________________
‎‎‎(maxsus kassaning nomi)

‎________________________________________________________________________
‎(maxsus kassa xodimining F.I.O.)

‎‎Quyidagilarga ruxsat berishingizni soʻrayman:
‎‎I. 20__ yil “___” ___________ holatiga koʻra xorijiy valyutadagi boʻnak:

________________________________________________________________________
‎(valyutaning nomi, summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)‎‎

‎‎II. Qatʼiy hisobda turuvchi blankalar:

‎‎________________________________________________________________________‎(blankalarning shakli va raqami yoziladi)

‎‎___________________________
‎(maxsus kassasi
‎xodimining imzosi)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(old tomoni)
‎‎
07003-shakl‎

‎‎
‎Maxsus kassa tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida
‎HISOBOT

‎‎20___ yil “ ______ ” __________________

‎‎
‎‎Xorijiy valyutaning nomi: _________________________ ‎‎

Amalga oshirilgan operatsiyalar mazmuni‎‎

Kirim‎‎

Chiqim‎‎

Olingan boʻnak:‎‎ ‎‎ ‎‎
Kunlik aylanmalar:‎ ‎‎ ‎‎
Jami aylanmalar‎‎ ‎‎ ‎‎
Bank kassasiga topshirilishi kerak‎‎ ‎‎ ‎‎
Balans:‎‎ ‎‎ ‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎‎‎(orqa tomoni)

‎‎Qatʼiy hisobda turuvchi blankalarning foydalanilishi

Blanka turi

Olindi‎‎

Sarflandi‎‎

Buzildi‎‎

Qoldi‎‎

raqamdan‎‎

raqamgacha‎‎

raqamdan‎‎

raqamgacha‎‎

raqamdan‎‎

raqamgacha

raqamdan‎‎

raqamgacha‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎___________________
‎‎(hisobot tuzuvchining
‎F.I.O., imzosi)

‎‎Hisobotni tekshirdi: ____________________________________________

‎‎‎(vakolatli bank bosh buxgalterining F.I.O., imzosi)‎‎

‎‎20___ yil “___” _____________
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 365-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2694-1/0880-son; 15.01.2019-y., 10/19/2694-2/2477-son, 20.06.2019-y., 10/19/2694-3/3315-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 29.12.2023-y., 10/23/2694-4/0987-son)