OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining pochta aloqasi boʻyicha ekspluatatsiya korxonalarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 904-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining pochta aloqasi boʻyicha ekspluatatsiya korxonalarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga (roʻyxat raqami 904, 2000-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-may,
123-V-1-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-may,
124-mh -son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2015-yil 16-maydagi 123-V-1, 124-mh-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining pochta aloqasi boʻyicha ekspluatatsiya korxonalarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Qoidalar “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari hamda aloqa boʻlimlari)da kassa operatsiyalarini yuritish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqa tashkilotlari kassa operatsiyalarini Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga (roʻyxat raqami 2687, 2015-yil 22-iyun) muvofiq amalga oshiradilar.”.
3. 2-banddagi “aloqa korxonasi” va “aloqa korxonalari” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 3-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Aloqa korxonalarining” va “aloqa korxonasi” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ning” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) keyingi kuni ertalab (banklardan tegishli quvvatlama (pul) mablagʻini olgunga qadar) pul oʻtkazishlar, nafaqa va yordam pullarini toʻlashni taʼminlash, shuningdek hisobot beruvchi va shu maqsad uchun biriktirilgan aloqa boʻlimlariga quvvatlama mablagʻ joʻnatish uchun zarur boʻlgan naqd pul;”.
5. 4-banddagi “aloqa korxonalari” degan soʻzlar “pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 5, 39, 112, 118 va 131-bandlardagi “Aloqa korxonalari” degan soʻzlar “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 6 va 119-bandlardagi “aloqa korxonalarining” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “aloqa korxonalari” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
9. 8-banddagi “Aloqa korxonalaridagi” degan soʻzlar “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)dagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 9-banddagi “Aloqa korxonalari” va “bank muassasalariga aloqa korxonasi” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” va “banklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 10-banddagi “aloqa korxonalari” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 12-banddagi “Korxonaning” va “aloqa korxonasi” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi hamda aloqa boʻlimlari)ning” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 13-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
14. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Pul oʻtkazish operatsiyalarini amalga oshiruvchi pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari) quvvatlama naqd pulni cheklar boʻyicha banklardan oladilar. Pul oluvchi pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) xodimiga chekni berish chek daftarchasining koreshogiga tilxat yozish bilan amalga oshiriladi. Cheklar Bosh kassani ishini yurituvchi xodimning nomiga (familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda) rasmiylashtiriladi. Cheklar faqatgina Bosh kassani ishini yurituvchi xodimga beriladi.”.
16. 18 va 66-bandlardagi “aloqa korxonasi” va “korxona” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 23-banddagi “Aloqa korxonasining”, “korxonaning” va “korxona” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning”, “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 26, 57, 71 va 127-bandlardagi “aloqa korxonasining” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 28, 32, 36, 109 va 114-bandlardagi “korxona” degan soʻz “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 30-banddagi “Korxonaning” degan soʻz “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 34-banddagi “korxonalarda” degan soʻz “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)da” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 35-banddagi “Aloqa korxonalarida” va “korxona” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)da” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. 38-banddagi “aloqa korxonalari va boʻlimlari” va “korxona” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari hamda aloqa boʻlimlari)” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Aloqa boʻlimlari kassalaridagi limitdan ortiq naqd pul qoldiqlari pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga qaytariladi.”.
26. 43-banddagi “aloqa korxonasi” va “korxonaga” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. 47-banddagi “korxonasi (boʻlimi)ning”, “korxonasining” va “korxonasi (boʻlim)ning” degan soʻzlar “boʻlimining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
28. 48-banddagi “korxona”, “Aloqa korxonalari”, “Aloqa korxonasiga” va “aloqa korxonasi” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)”, “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)”, “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29. 51-banddagi “aloqa korxonasi” va “Aloqa korxonasi” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” va “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
30. 52 va 116-bandlardagi “aloqa korxonasi” va “aloqa korxonasining” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. 54 va 76-bandlardagi “Aloqa korxonasi” degan soʻzlar “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32. 55 va 64-bandlardagi “aloqa korxonasiga” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33. 63-banddagi “korxonaga”, “Aloqa korxonalari” va “korxonaning” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga” “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34. 65-banddagi “Aloqa korxonasida” va “aloqa korxonasi” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35. 69 va 80-bandlardagi “korxonaning” degan soʻz “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
36. 75-banddagi “aloqa korxonasiga”, “AJ filialiga” va “Aloqa korxonasida” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga”, “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga” va “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37. 78-banddagi “Aksiyadorlik jamiyati (AJ)” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
38. 81 va 129-bandlardagi “aloqa korxonalarida” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)da” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
39. 88-banddagi “Aloqa korxonalari va boʻlimlari” va “korxona” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari hamda aloqa boʻlimlari)” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
40. 90-banddagi “yoʻllanadigan aloqa korxonasining” va “joʻnatayotgan aloqa korxonasining” degan soʻzlar tegishlicha “yoʻllanadigan pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” va “joʻnatayotgan aloqa boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
41. 99-banddagi “korxona” va “korxonaning” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
42. 110-banddagi “korxonaning”, “Korxonaning” va “korxona” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning”, “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)”.
43. 113-banddagi “Aloqa korxonalarida” va “aloqa korxonasi” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)da” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
44. 117 va 126-bandlardagi “korxonaga” degan soʻz “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
45. 120 va 121-bandlardagi “Aloqa korxonalari” degan soʻzlar “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari hamda aloqa boʻlimlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
46. 123-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“123. Muhr shikastlangan yoki olingan, qulf, eshik yoki derazalardagi panjaralar buzilgan hollarda, darhol bu haqda pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) boshligʻi (boshliq oʻrinbosari) xabardor qilinadi, u oʻz navbatida mazkur hodisa haqida zudlik bilan ichki ishlar idoralarini xabardor qilishi kerak.
Bunday hollarda, pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) boshligʻi, bosh buxgalteri, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) Bosh kassasi boshligʻi (operatori) ichki ishlar idoralarining ruxsatini olgandan soʻng, omborxonada saqlanadigan pul mablagʻlarining va boshqa boyliklarning miqdorini tekshiradilar. Tekshirish kassa operatsiyalari boshlangunga qadar oʻtkazilishi kerak. Tekshirish natijalari haqida uch nusxada dalolatnoma tuzilib, u tekshiruvda ishtirok etgan hamma shaxslar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi ichki ishlar idoralariga, ikkinchi nusxasi pochta aloqasi hududiy (viloyat) filialiga joʻnatiladi va darhol O`ZBEKISTON POCNTASI” AJga xabar qilinadi, uchinchisi esa pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da qoladi.”.
47. 128-banddagi “Aloqa korxonasining” va “aloqa korxonasi” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
48. 130-banddagi “Aloqa korxonasi” va “aloqa korxonasi” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
49. 138-banddagi “Aloqa korxonalarida” va “AJ filiallari” degan soʻzlar tegishlicha “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamalari)da” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
50. 139-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“139. Har oyda bir marta oʻtkazma operatsiyalarini bajaruvchi pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamalari)da, belgilagan muddatda, Bosh kassadagi barcha pullar birma-bir, toʻliq, qayta sanalib, pul hujjatlari va shartli boyliklar toʻsatdan taftish qilinadi.
Toʻsatdan taftish oʻtkazilganda quyidagilar tekshiriladi:
hamma pul biletlari, shu jumladan dastlab oʻralganlari ham birma-bir varaqlab chiqiladi, metall tangalar donalab sanaladi;
aloqa boʻlimlaridagi limitdan ortiq naqd pulli, lekin hali sanalmagan (ochilmagan) brezent xaltalar, shuningdek, joʻnatish uchun tayyorlab qoʻyilgan quvvatlama mablagʻlar solingan brezent xaltalar ochilib, ulardagi mablagʻlar pul dastalarining xochsimon belbogʻida koʻrsatilgan miqdor boʻyicha qayta sanaladi.
Taftish vaqtida komissiya quyidagilarni aniqlaydi:
kassaga ish kuni davomida oʻtkazish tarzida tushgan pul va boshqa pul mablagʻlarning kirimga toʻliq olingani va ularning kirim hujjatlariga mos kelishi;
mazkur ish kuni davomida oʻtkaziladigan pullar, nafaqalar va boshqa pul mablagʻlarning chiqimga qanchalik toʻgʻri chiqarilganligi va ularning harakati tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanganligi;
kassa daftarida qoldiq pul mablagʻlari toʻgʻri chiqarilgani va uning kassadagi tekshirilgan naqd pul qoldiqlariga mos kelishi;
Bosh kassada toʻsatdan tekshirish oʻtkazilayotgan vaqtda pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) boshligʻi, uning oʻrinbosarlari va bosh buxgalterlar ishtirok etishlari lozim.”.
51. 140-banddagi “Aloqa korxonalari” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
52. 141-banddagi “Aloqa korxonalarini”, “Aloqa korxonasi”, “aloqa korxonalari”, “korxona” va “Oʻzbekiston Respublikasi aloqa korxonalarining” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ni”, “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)”, “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)”, “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” va “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
53. 142-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“142. Kassa intizomini buzganligi (pul joʻnatmalari mablagʻlarini foydalanish ehtiyojlari uchun xarajatlash, kassalardagi limitdan ortiq pul qoldiqlarini oʻz vaqtida bankka topshirmaslik, asossiz holda kassadagi naqd pullarning belgilangan limitini oshirib yuborish, bankdan olingan naqd pullarni moʻljallangandan boshqa maqsadlarda ishlatish, naqd pul bilan hisob-kitob qilish qoidalarini buzish, kassadagi naqd pullarni boshqa tashkilotlarga va shaxslarga berish, oʻziga boʻysunuvchi aloqa boʻlimlari va shaxslardan olingan naqd pul mablagʻlarini oʻz vaqtida kirimga olmaslik, aloqa boʻlimlariga joʻnatilgan quvvatlama pul mablagʻlarini oʻz vaqtida hisobdan chiqarmaslik va boshqa qoidalarni buzish hollari) uchun aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.”.
54. 143-banddagi “korxonalarning” degan soʻz “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
55. 1-ilovadagi “Aloqa korxonalari” degan soʻzlar “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
56. 2-ilovadagi “(aloqa korxonasining nomi)” degan soʻzlar “(pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari hamda aloqa boʻlimi)ning nomi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
57. 3-ilovadagi “korxona, tashkilot” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
58. 4-ilovada:
“Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” va “Pochta aloqasining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Aloqa korxonasi rahbari” degan soʻzlar “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali yoki obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) rahbari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
59. 5-ilovada:
“Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“(aloqa korxonasining nomi)” degan soʻzlar “(pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning nomi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
60. 6-ilovada:
“Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“(aloqa korxonasining nomi)” degan soʻzlar “(pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning nomi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“AJ filialiga” degan soʻzlar “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Aloqa korxonasi rahbari” degan soʻzlar “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali yoki obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) rahbari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
61. 7-ilovadagi “korxona rahbari” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali yoki obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) rahbari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
62. 8-ilovada:
“Xalq banki muassasalariga aloqa korxonalari” degan soʻzlar “Banklarga pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Aloqa korxonasi boshligʻi” degan soʻzlar “Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali yoki obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
63. 10-ilovadagi “(aloqa korxonasining nomi)” degan soʻzlar “(pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi hamda aloqa boʻlimi)ning nomi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
64. 13-ilovada:
“AJ filialidan” va “aksiyadorlik jamiyati filialidan” degan soʻzlar tegishlicha “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)dan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“AJ filialining” degan soʻzlar “pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali va obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
65. 14-ilovadagi “Tashkilot” va “Korxona, tashkilot” degan soʻzlar Pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiali yoki obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
66. Mazkur oʻzgartirishlar “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJ bilan kelishilgan.
“O`ZBEKISTON POCNTASI” AJ Bosh direktori R. QOSIMOV
2015-yil 16-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 351-modda)