Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2022 02.07.2015 yildagi 177-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2022
Hujjat 26.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-sonli “Respublika isteʼmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etish, koʻmir briketlarining aholi va budjet tashkilotlariga zarur sifat va maqbul narxlar boʻyicha resurslar va koʻmirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga va budjet tashkilotlariga resurslar va koʻmirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda koʻmir briketlarini sotish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasining koʻmir omborlari (keyingi oʻrinlarda koʻmir omborlari deb ataladi) orqali amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan koʻmir va koʻmir briketlarini sotish, yetkazib berish, tashish, qabul qilish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy tarkib asosida koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchilarning roʻyxatini aniqlash boʻyicha tegishli hududiy ishchi komissiyalar tarkiblarini uch kun muddatda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, aholi va budjet tashkilotlarining ehtiyojlari uchun koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchilar korxonalarga koʻmir sotish “Oʻzbekkoʻmir” unitar korxonasi bilan tuziladigan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida, tartibga solinadigan narxlar boʻyicha, koʻmir yetkazib berishning har bir partiyasi uchun oldindan 100 foiz haq toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekkoʻmir” UK:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlariga “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining kredit mablagʻlarini jalb etgan holda koʻmir briketlari ishlab chiqarish boʻyicha zarur ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslar va koʻmirni taqsimlash balansida nazarda tutilgan hajmlarda koʻmir briketlari ishlab chiqarish uchun koʻmirni zarur markalarda oʻz vaqtida yetkazib berish chora-tadbirlarini koʻrsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslar balansida nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqariladigan koʻmir briketlari belgilangan tartibda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Oʻbekkoʻmir” UK tomonidan tasdiqlanadigan chakana narx boʻyicha sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 tonna koʻmir briketlarining chakana narxi oʻrtacha ogʻirlik yoʻli bilan hisoblab chiqiladi hamda uning markasi va nomidan, uni temir yoʻlda, avtomobil transportida tashish xarajatlaridan va koʻmir omborlarigacha tashish bilan bogʻliq boshqa tegishli xarajatlardan, koʻmir briketlari ishlab chiqarish xarajatlaridan, shuningdek, koʻmir omborlarining vositachilik haqi toʻlashdan kelib chiqib koʻmirning ulgurji-sotish narxidan shakllanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan koʻmir va koʻmir briketlarining chakana narxini shakllantirish tartibini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi resurslar va koʻmirni taqsimlashning yillik balanslarini ishlab chiqishda budjet tashkilotlari va aholiga sotiladigan koʻmir briketlarini ishlab chiqarish uchun koʻmir yetkazib berish hajmini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va budjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun koʻmir briketlari ishlab chiqarish uchun koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻmirdan maqsadli foydalanilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir omborlari tomonidan resurslar balansida nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqariladigan aholi va budjet tashkilotlariga sotish uchun koʻmir briketlariga belgilangan chakana narxga rioya qilinishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 39 va 40-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“39. Balansdagi tasdiqlangan hajmlarga muvofiq koʻmir boshqariladigan narxlar boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yetkazib berilgan koʻmir uchun 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlangan holda haqi 30% oldindan toʻlanishi sharti bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlariga “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali ajratiladigan budjet mablagʻlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholiga 100% oldindan haq toʻlangan holda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Koʻmir, ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, tuzilgan shartnomalarga muvofiq yetkazib berilgan holda haqi 100% oldindan toʻlangan holda birja savdolari orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida koʻmir qazib oluvchi korxonalar sotuvchilar, korxonalar va tashkilotlar – xaridorlar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolariga qoʻyishda koʻmirning boshlangʻich narxi boshqariladigan narxlar darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida sotib olingan koʻmir qayta sotilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida aholiga va budjet tashkilotlariga koʻmir sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-fevraldagi 58-son qarorining 1, 4-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-9-son, 87-modda) va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 341-modda; 2017-y., 1-son, 15-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)