26.05.2015 yildagi 141-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 26.05.2015 yildagi 141-III-son
Кучга кириш санаси
26.05.2015
Hujjat 30.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan vazifalarni samarali amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi nizom (1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi (2-ilova) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi 2006-yil 22-martdagi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoʻshma qaror tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-19-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining 2015-yil 26-maydagi 141-III/KQ-19-III-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maslahatlashuv organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muvofiqlashtiruvchi kengash qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro kelishilgan holda harakat qilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muvofiqlashtiruvchi kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muvofiqlashtiruvchi kengash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari muddatiga tuziladi hamda oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, ular qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat-tahlil tadbirlarini va boshqa tadbirlarni, avvalo, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini oʻtkazish boʻyicha ish rejalarini ushbu sohada samaradorlikni oshirish, bir-birini takrorlash va rasmiyatchilikni istisno etish, shuningdek tadbirlar sonini maqbullashtirish maqsadida kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari oʻrtasida qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil va axborot-tushuntirish faoliyati masalalariga doir axborot-tahliliy materiallari va boshqa materiallarni oʻzaro ayirboshlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qabul qilinayotgan yangi qonunlar mohiyati va mazmuni toʻgʻrisida, shuningdek palatalar faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni keng xabardor qilish yuzasidan oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tuzilmalarining oʻzaro hamkorlik qilishini tashkil etish, shu jumladan axborot salohiyatidan va elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanish maqsadida axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, ular kengashlarining, qoʻmitalarining (komissiyalarining) oʻtkazilayotgan tadbirlarning va oʻzaro hamkorlik amaliyotining doimiy monitoringini amalga oshirish, shuningdek ular oʻrtasida oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolarining takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, ular kengashlarining, qoʻmitalarining (komissiyalarining) qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati va boshqa faoliyatiga doir oʻzga masalalarni muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi kengash qonun hujjatlariga va oʻzining faoliyati maqsadlariga zid boʻlmagan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har bir palatasidan beshtadan vakildan iborat teng miqdorda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibi va hamraislari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari kengashlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muvofiqlashtiruvchi kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari kengashlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan yillik rejalar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlislari navbati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi majlisda hozir boʻlganda kvorum taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida navbati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har bir palatasidan saylangan hamrais raislik qiladi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning raislik qiluvchi aʼzosi boʻlmagan taqdirda, majlisga raislik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasidan boʻlgan Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muvofiqlashtiruvchi kengashning hamraislari oʻzaro kelishuvga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarini, shu jumladan navbatdan tashqari majlislarini chaqiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarining kun tartibi loyihalarini shakllantiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarini olib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlarini imzolaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash ishini tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash hamraislari Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini ham hal qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muvofiqlashtiruvchi kengashning majlislariga hamraislarning oʻzaro kelishuviga koʻra Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlarining va ular tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari, shuningdek davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorlari tavsiya xususiyatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining devonlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining 2015-yil 26-maydagi 141-III/KQ-19-III-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Abdullayev Ilxom Zayirovich

—

Muvofiqlashtiruvchi kengashning hamraisi, Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi

Nizamxodjayev Zayniddin Maxamatovich

—

Muvofiqlashtiruvchi kengashning hamraisi, Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi

Shadmanov Adxam Xursanbayevich

—

Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi

Abdusattarov Tulkin Sayfullayevich

—

Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masa­lalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Djakbarov Sadirjan Aminjanovich

—

Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masala­lari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Yunusova Aliya Tuygunovna

—

Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodav­lat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi

Matmuratov Batir Djoldasovich

—

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi

Tajiyev Baxadir Sadullayevich

—

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Iskandarov Turgun Xasanovich

—

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi

Baratova Sayyora Raxmatovna

—

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining 2016-yil 30-maydagi 454-III/KQ-89-III-sonli Qoʻshma qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 5-son, 151-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 5-son, 220-modda; 2016-y., 5-son, 151-modda)