O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyaga qo‘shilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyaga qo‘shilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-dekabr,
555-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 22-modda)