Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda litsenziyalar berish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qarori bilan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, faoliyatning mazkur Roʻyxatga kiritilmagan boshqa turlari litsenziyalanmaydi.
2. Belgilansinki, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatiga muvofiq 1-ilovadagi davlat tuzilmalariga litsenziyalar berish huquqi beriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining komplekslari, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi vazirliklar va idoralar Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi amaldagi nizomlarni ikki oy muddatda tanqidiy tahlil qilib chiqsinlar hamda yangilangan nizomlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Nizomlarni ishlab chiqishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qatʼiy rioya qilinishi taʼminlansin, bunda arizalarni qabul qilish va litsenziyalar berish tartibotlarini imkoni boricha soddalashtirish nazarda tutilsin.
4. Belgilansinki, Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi yangilangan tegishli nizomlar qabul qilingunga qadar yangi litsenziyalar berish, ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish, ularni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organlar tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, mazkur Qonunga zid boʻlmaganda, amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-iyun,
236-son
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Jangovar zaharlovchi moddalardan himoyalanish vositalarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish.
Boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada boʻlinadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat koʻrsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalar, radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash.
Shifrlovchi texnikani ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish va undan foydalanish.
Keyingi tahrirga qarang.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Koʻpriklar va tonellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish.
Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish.
Aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati.
Aviatsiya ishlarini bajarish.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish.
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno. (Neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari).
Etil spirti hamda boshqa alkogolli mahsulotni ishlab chiqarish.
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash.
Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Geodeziya va kartografiya faoliyati.
Tarkibida qimmatbaho va rangli metallar, qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash.
Noshirlik faoliyati.
Nodavlat taʼlim muassasalarining faoliyati.
Diniy taʼlim muassasalarining faoliyati.
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish.
Kinovideofilmlarni hamda dasturlarni koʻpaytirish, dublyaj qilish va realizatsiya qilish.
Kinovideomahsulotlar prokati.
Keyingi tahrirga qarang.
Turizm faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish.
Tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish (berish, taqsimlash), tashish, yaratish va ishlab chiqarish (tayyorlash), yoʻq qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy faoliyat.
Farmatsevtika faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Auditorlik faoliyati.
Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyati.
Birja faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Bojxona ombori taʼsis etish.
Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish.
“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Bank faoliyati.
Banklar tomonidan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish.
Garovxonalar faoliyati.
Kredit uyushmalari faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Telekommunikatsiyalarning shaharlararo tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Koʻchma radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligi
Keyingi tahrirga qarang.
Energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish (qimmatbaho qogʻozlar bozoridagi investitsiya institutlarining faoliyati).
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Veterinariya faoliyati.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari
Keyingi tahrirga qarang.
Advokatlik faoliyati.
Notariat faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish.
Toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yaratish, ishlab chiqarish, yozib olish, koʻpaytirish va realizatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlari orqali sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Hukumatning oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 23-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarorining 9-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qarori 16-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 20-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1997-yil 7-fevraldagi 68-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 4-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1997-yil 21-fevraldagi 99-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 7-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qarorining 2-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar haqida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarorining 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 482-son qarori 1-bandining “g” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 34-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 33-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 5-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish kiritish haqida” 2001-yil 24-yanvardagi 52-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 5-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2001-yil 29-yanvardagi 56-son qarorining 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 7-modda) va ushbu qarorga 2-ilova.
II. Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni koʻplab ishlab chiqarish tartibining 1-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 26-modda):
birinchi xatboshidagi “tegishli ruxsat (litsenziya) berilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi” soʻzlari “ushbu tasvirning badiiy qiymatini taʼminlash va uning tasdiqlangan etalonga toʻliq muvofiq boʻlishi sharti bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-oktabrdagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 7-bandining oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat koʻrsatish qoidalarida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 40-modda):
I boʻlimning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
II boʻlimning 9-bandidagi “ruxsat etuvchi guvohnomalar olingan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-noyabrdagi 453-f-son farmoyishida:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (non pishirish boʻyicha yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslardan tashqari) keyinchalik sotish uchun non va non-bulka mahsulotlarini faqat oʻzlari respublika tashqarisidan xarid qilishadigan un yoki gʻalladan pishirishlari mumkin.
2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 97-modda; 2003-y., 14-son, 114-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda, 36-son, 362-modda; 2007-y., 7-8-son, 68-modda, 33-34-son, 344-modda, 44-son, 446-modda, 46-47-son, 471-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2010-y., 42-43-son, 363-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda, 19-son, 189-modda, 20-21-son, 202-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 23-son, 302-modda, 25-son, 324-modda, 34-son, 458-modda, 37-son, 485-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 18-son, 195-modda, 27-son, 326-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda, 15-son, 257-modda, 19-son, 345-modda, 20-son, 364-modda, 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2017-y., 09/17/777/0067, 02.04.2018-y., 09/18/237/1038-son, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son, 20.12.2019-y., 09/19/1021/4179-son; 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021; 17.02.2020-y., 09/20/86/0171-son, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 29.10.2020-y., 09/20/663/1425-son; 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son)