OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2342-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaning 1-ilovasi 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Maqsadli mablagʻlar taqsimoti boʻyicha alohida tartiblarda ishtirok etadigan “Oʻzbekneftegaz” MXK, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK tarkibidagi tashkilotlarga “Oʻzbekneftegaz” MXK korxonalari va tashkilotlari hisobvaraqlaridan toʻlovlarni amalga oshirish va ularga “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalaridan tushadigan toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1441, 2005-yil 14-yanvar), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK korxonalari hisob raqamlaridan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 1088, 2001-yil 27-noyabr), Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga topshirilgan gʻalla va sholi uchun yakuniy hisob-kitoblar qilishda toʻlovlarni amalga oshirish tartibiga (roʻyxat raqami 657, 1999-yil 1-mart) muvofiq ochilgan hisobvaraqlar (asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan tashqari).”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-iyun,
321-V-3-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-iyun,
58-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-iyun,
2015-24-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 345-modda)