26.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2690
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 26.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2690
Кучга кириш санаси
29.06.2015
Hujjat 08.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2690]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq B. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 10-iyundagi 59-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — oʻzidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir boʻlgan qurilmalar va (yoki) radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM aylanishi subyekti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha INM aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar — tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar boʻlgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli boʻlmagan moddalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. INMlar inventarizatsiyadan quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika, idoraviy va mintaqaviy darajada INMlar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimining birlamchi maʼlumotini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM aylanishi subyektlarida INMning mavjud miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMning nobudgarchiligi, ulardan ruxsat berilmagan foydalanish va ularni talon-toroj qilishning oldini olishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMning mavjudligi va ular saqlanadigan joylarning oʻzgarishi toʻgʻrisida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga xolisona va ishonchli axborot taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. INM aylanishi subyektlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar hamda ular joylashgan joylar — yiliga bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar va ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar hamda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlar — besh yilda bir marta inventarizatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan, u tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash butunlay toʻxtatilgan, oʻgʻirlik, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar turgan yoki saqlanadigan punktlarga (joylarga) ruxsat berilmagan taʼsir oʻtkazish aniqlangan taqdirda, favqulodda holatlar oqibatlari bartaraf qilingandan keyin radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar navbatdan tashqari inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inventarizatsiyadan oʻtkazishdan oldin INM aylanishi subyekti rahbari INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun masʼul shaxslar tayinlanadi va INMlar bilan muomalada boʻlish uchun yetarli malakaga ega boʻlgan mutaxassislardan tashkil topgan INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. INM aylanishi subyekti tomonidan inventarizatsiyadan oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning mavjud miqdori hamda holati aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning mavjud miqdori buxgalteriya hisobidagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalarning ularning pasport hujjatlaridagi maʼlumotlariga muvofiqligi tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tegishli hujjatlar toʻldiriladi va ularning yuborilishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. INM aylanishi subyektlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar hamda ular joylashgan joylar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi natijasi boʻyicha maʼlumot — mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovaga muvofiq shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar hamda ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi natijasi boʻyicha maʼlumot — mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi natijasi boʻyicha maʼlumot — mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. INM aylanishi subyektlari tomonidan oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotlar kuzatuv xati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga joriy yilning 1-fevraligacha yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 30-sentabrdagi 03/YUB-42-sonli qarori (roʻyxat raqami 2690-1, 08.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2019-y., 10/19/2690-1/3878-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 1-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 2-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 2-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 4-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 5-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Radioaktiv moddalar hamda ular joylashgan joylarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasi boʻyicha
‎MAʼLUMOT

‎‎INM aylanishi subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: ________________________________________________

1-shakl‎

T/r‎

Radioaktiv moddaning turi‎‏

Radioaktiv moddaga berilgan zavod raqami‎

Radioaktiv moddaning pasport raqami

Radioaktiv moddaning ishlab chiqarilgan vaqti‎‏

Radioaktiv moddaning yaroqlilik muddati (yil, oy yoki kun)‎‏

Radioaktiv moddaning boshlangʻich aktivligi (Bk) ‎‏

Radioaktiv moddaning radionuklid tarkibi

Radioaktiv moddaning himoya konteyneri turi va zavod raqami‎‏

Radioaktiv moddaning joylashgan joyi‎‏

nomi‎

ulushi (foiz) ‎

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎
‎‎Tashkilot (korxona) rahbari:

______________________‎‎

____________

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Shaklni tuzgan shaxs:

______________________‎‎

____________‎‎

__________________‎‎‎_

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎(telefon/faks raqami)‎
‎‎‎‎‎‎Shakl toʻldirilgan sana:

______ yil ‎

_______‎

____________‎

(yil) ‎ ‎

(kun) ‎ ‎

(oy)‎

‎‎Maʼlumot hajmi _____ varaq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Radioaktiv chiqindilar hamda ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasi boʻyicha
‎ MAʼLUMOT

‎‎INM aylanishi subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: ________________________________________________

‎‎‎‎2a-shakl (radioaktiv chiqindilar saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar boʻyicha umumiy maʼlumot)

‎‏T/r
Radioaktiv chiqindilar saqlanadigan va koʻmiladigan punktlarning nomi‎‏
Punktning ishga tushirilgan sanasi‎‏
Punkt egallab turgan hudud (m2)‎‏
Punktlardagi radioaktiv chiqindilar saqlanadigan omborxona (sigʻim)lar soni Punktlardagi radioaktiv chiqindilar saqlanadigan omborxona (sigʻim)larning umumiy loyihaviy hajmi (m3) Omborxona (sigʻim)larda saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning umumiy miqdori (dona/m3) ‎‎
qattiq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun ‎ suyuq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun‎ gaz holdagi radioaktiv chiqindilar uchun ‎ qattiq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun ‎ suyuq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun‎ gaz holdagi radioaktiv chiqindilar uchun ‎ qattiq holdagi radioaktiv chiqindilar ‎ suyuq holdagi radioaktiv chiqindilar‎ gaz holdagi radioaktiv chiqindilar
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎2b-shakl (radioaktiv chiqindilar saqlanadigan va koʻmiladigan punktlardagi omborxona (sigʻim)lar boʻyicha maʼlumot)

T/r

Omborxona (sigʻim)ning tartib raqami‎‏

Omborxona (sigʻim)ning loyihaviy hajmi (m3)‎‏

Omborxona (sigʻim)da saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning turi (qattiq, suyuq yoki gaz)‎‏

Omborxona (sigʻim)da saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning miqdori (dona/m3) ‎‏

Omborxona (sigʻim)da saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning solishtirma aktivligi (Bk/kg)‎‏

Omborxona (sigʻim) nurlanishining doza quvvati (mkGr/soat) ‎‏

Omborxona (sigʻim)ning muhandislik himoya baryerlari xarakteristikalari

devori‎‎

poli‎‎

shifti‎‎

materiali‎

qalinligi (sm) ‎

materiali‎

qalinligi (sm) ‎

materiali‎

qalinligi (sm)

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎
‎‎Tashkilot (korxona) rahbari:

____________________________‎‎

_____________‎

(F.I.O.)

(imzo)‎

Shaklni tuzgan shaxs:

____________________________‎‎ ‎‎

______________‎

‎‎___________________

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎

(telefon/faks raqami)

‎‎Shakl toʻldirilgan sana:

_______ yil ____ _____________‎

(yil) ‎

(kun) ‎

(oy)‎
‎‎Maʼlumot hajmi _____ varaq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasi boʻyicha
‎MAʼLUMOT

‎‎INM aylanishi subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: _____________________________________________________________________
3-shakl‎

T/r‎‏

Zararlangan hududning nomi (raqami)

Zararlangan hudud maydoni (m2)

Zararlangan hududning yuzasidan 1 m balandlikda (uzoqlikda)gi nurlanishning oʻrtacha doza quvvati (mkZv/soat)‎‏

Zararlangan hududning yuzasidan 1 m balandlikda (uzoqlikda)gi nurlanishning maksimal doza quvvati (mkZv/soat)

Zararlangan yer maydonining radionuklid tarkibi‎‎

radionuklidning nomi

hajmiy aktivligi (Bk/m3)‎‎

solishtirma aktivligi (Bk/kg)‎‎

oʻrtacha‎‎

maksimal‎‎

oʻrtacha‎‎

maksimal‎‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎‎

beta-aktivlik‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(3-shaklning davomi)

Zararlangan suv havzasining radionuklid tarkibi‎‎

radionuklidning nomi‎‏

suyuq fazaning solishtirma aktivligi (Bk/l)‎

suv tubidagi choʻkmalarning solishtirma aktivligi (Bk/kg)‎‎

oʻrtacha‎‎

maksimal

oʻrtacha‎‎

maksimal‎‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎ 22‎
‎‎Tashkilot (korxona) rahbari:

______________________________

____________‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Shaklni tuzgan shaxs:

______________________________‎‎

_____________‎‎

___________________‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎(telefon/faks raqami)

‎‎‎‎Shakl toʻldirilgan sana:

_____ yil ‎

_______‎

__________‎

(yil) ‎ ‎

(kun) ‎ ‎

(oy)‎ ‎

‎‎Maʼlumot hajmi _____ varaq.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 25-son, 336-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2019-y., 10/19/2690-1/3878-son; 02.11.2020-y., 10/20/2690-2/1456-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 02.12.2021-y., 10/21/2690-3/1120-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)