Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZJAMGʻARMABANK”NI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ BANKIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA” 1995 YIL 4 OKTYABRDAGI 386-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-tijorat Xalq bankini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2162-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzjamgʻarmabank”ni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 4-oktabrdagi 386-son qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilingan holda unga oʻzgartirish kiritilsin:
“Xalq banki” 2002-yil 1-yanvargacha soliqlarning barcha turlaridan ozod qilinsin va boʻshaydigan mablagʻlar bank infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltirilsin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 8-fevral,
58-son