Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
1992-yil 15-dekabrda imzolangan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi doirasidagi murosaga keltirish va hakamlik boʻyicha Stokgolm Konvensiyasiga qoʻshilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1992-yil 15-dekabrda imzolangan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi doirasidagi murosaga keltirish va hakamlik boʻyicha Stokgolm Konvensiyasiga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
186-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 276-modda)