15.06.2015 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-kurortda sogʻlomlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF–4658-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 130-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq har yili sogʻlomlashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyundagi 158-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urush va mehnat fronti faxriylari sogʻlomlashtiriladigan sanatoriylar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbariga tasdiqlash uchun kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 13-bandning oltinchi xatboshidagi “1-guruh urush nogironi” soʻzlari “1-guruh nogironi boʻlgan urush va mehnat fronti faxriylari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan birgalikda, zarur boʻlgan yoʻnalish, sanatoriyning nomi va sogʻliqni tiklash uchun oʻzi xohlagan muddat koʻrsatilgan holda ariza bergan shaxslar roʻyxatlarini shakllantiradilar, ularni “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlinmalarida kelishadilar hamda yoʻllanmalar ajratish yuzasidan har yili 15-noyabrgacha boʻlgan muddatda Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga buyurtmanoma taqdim etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 19-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har bir sanatoriy boʻyicha urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun oylarga taqsimlangan va ajratilgan oʻrinlar soni koʻrsatilgan holda yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi har yili 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktika yordamini tashkil etish bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri, Sogʻliqni saqlash vaziri, “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi bilan kelishilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 24-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻllanmalar asosan urush va mehnat fronti faxriylari yashaydigan mintaqada joylashgan sanatoriylarga ajratiladi. Ushbu mintaqada talab qilinadigan sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi sanatoriy mavjud boʻlmagan taqdirda yoki boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmaganda yoʻllanmalar respublika mintaqalaridagi eng yaqin joylashgan tegishli sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi sanatoriylarga, ularda oʻrinlar mavjudligidan kelib chiqqan holda ajratilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 28 va 29-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“28. Sanatoriylarda 12 kunlik sogʻlomlashtirish yoʻllanmalari qiymatini toʻlash uchun kalendar yildagi xarajatlarning cheklangan miqdori har yili 10-noyabrgacha boʻlgan muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan sanatoriylarda sogʻlomlashtirish uchun yoʻllanmalarning oʻrtacha qiymatidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-oktabrgacha boʻlgan muddatda — kelgusi yil uchun 12 kunlik sogʻlomlashtirish yoʻllanmalarining qiymati va oʻrinlarning umumiy soni, shu jumladan urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun ajratiladigan yoʻllanmalar qiymati toʻgʻrisida takliflar olish uchun Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasiga talabnoma yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-noyabrgacha boʻlgan muddatda — olingan maʼlumotlarni sanatoriylarda 12 kunlik sogʻlomlashtirish yoʻllanmalari qiymatini toʻlash xarajatlarining cheklangan miqdorini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 kunlik sogʻlomlashtirish yoʻllanmalarining qiymati toʻgʻrisida sanatoriylardan olingan takliflardan kelib chiqqan holda, ularni toʻlash uchun xarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori, shuningdek urush va mehnat fronti faxriylarining kutilayotgan soni hamda kelgusi yil uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining prognoz hajmlari asosida, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriy-kurortlar boshqarmasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriylari bilan shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yili boshida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, ushbu kalendar yil uchun shartnomalar summasining 15 foizi miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 37-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanatoriylar rahbarlari Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi va asoslanganligi, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar sifati uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javob beradilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“38. Yoʻllanmalar Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega boʻlgan maxsus blankalarda tayyorlanadi, ular “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari uchun yoʻllanma” soʻzlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma (yirtma) talon boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 314-modda)