Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 11.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2682
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining qarori, 11.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2682
Кучга кириш санаси
15.06.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 15.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini jihozlash ishlariga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2682]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini jihozlash ishlarini tezlashtirish va optimallashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini jihozlash ishlariga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini jihozlash ishlariga jalb qilish tartibiga rioya qilinishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2015-yil 6-may,

30-SP-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining 2015-yil 6-maydagi 30-SP va 53-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini jihozlash ishlariga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini jihozlash ishlariga mahalliy aholi orasidan fuqarolarni jalb qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ishlariga (bundan buyon matnda jihozlash ishlari deb yuritiladi) mahalliy aholi orasidan fuqarolarni (ishchilarni) (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) jalb qilish mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasining Davlat chegarasini muhandislik jihozlash boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmasi (bundan buyon matnda ish beruvchi deb yuritiladi) mehnat shartnomasi boʻyicha ish beruvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jihozlash ishlariga jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jihozlash ishlariga jalb qilish ish beruvchi tomonidan mustaqil ravishda tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari (bundan buyon matnda markaz deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jihozlash ishlariga fuqarolarni ommaviy ravishda jalb qilishni tashkil etish uchun ish beruvchi markazga talab qilinadigan fuqarolar soni, ularning malakasi (mutaxassisligi, koʻnikmalari) hamda jihozlash ishlari olib boriladigan joy haqidagi maʼlumotni oldindan taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga tegishli maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar orasidan tegishli malakaga (mutaxassislikka, koʻnikmaga) ega boʻlgan va jihozlash ishlari olib borilayotgan hududda yashaydigan shaxslarga besh kun ichida ishga joylashish uchun yoʻllanmalar beriladi va bir vaqtning oʻzida ish beruvchiga ishga joylashuvchilarning roʻyxati taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jihozlash ishlariga qabul qilingan fuqarolar bilan mehnat shartnomasi, qoida tariqasida, muayyan ishni bajarish vaqtiga moʻljallab tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliy aholi orasidan jihozlash ishlariga jalb qilingan fuqarolar ish beruvchining shtat birligidan tashqari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jihozlash ishlarini amalga oshirishda ish beruvchi maxsus rejimni (xavfsizlikni) taʼminlash maqsadida ayrim fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fuqarolarning mehnat daftarchalari Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 402, 1998-yil 29-yanvar) muvofiq yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolarning bajargan ishi uchun ish haqini toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi asosida va jihozlash ishlari uchun belgilangan miqdorda hisobga olingan davrda bajarilgan ishlar hajmiga koʻra mehnatga haq toʻlashning ishbay shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jihozlash ishlarining ayrim turlari uchun ish haqini toʻlash mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olinadigan davr ish beruvchi tomonidan ish kunlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar jihozlash ishlari rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilingan tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay boʻlgan joylarda olib borilayotgan boʻlsa, fuqarolarning mehnat haqini hisoblashda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rayon koeffitsiyentlari va ustamalar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish haftasining turi va ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti, sutka davomidagi smenalar soni, ish kunlari hamda ishlanmaydigan kunlarning navbat bilan almashinishi, fuqarolarning smenadan smenaga oʻtish tartibi) ish beruvchi tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish vaqti va bajarilgan ish hajmining hisobi ish beruvchi tomonidan kundalik ravishda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Zarur boʻlgan hollarda va fuqarolarning roziligi bilan jihozlash ishlari olib borilayotgan obyektdagi ish vaxta usulida amalga oshirilishi mumkin. Bunda mazkur ishlar Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta uslubi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 551, 1998-yil 28-noyabr) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jihozlash ishlarini moliyalashtirish, jumladan fuqarolarning ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlov budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida loyiha-smeta hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish haqi ish beruvchining moliyaviy hujjatlarida alohida satrda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning olgan daromadlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 6-may

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 6-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 23-son, 311-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)