OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2436-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 25-mart, 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatidagi birinchi izohning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Olib kelinadigan texnologik jihozlarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida olib kiritilayotgan texnologik jihozning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi ishlab chiqaruvchi zavodning texnik pasporti yoki jihozlarni ular tomonidan ishlab chiqarilganligi, jumladan ishlab chiqarilgan yili toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ishlab chiqaruvchining hujjati taqdim etiladi.”.
2. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 9-iyun,
95-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-iyun,
49-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, ivestitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-iyun,
2015/19-4-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-iyun,
01-02/8-21-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 23-son, 310-modda)