Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2022 10.06.2015 yildagi 153-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2022
Hujjat 15.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmoni)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyundagi 153-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“114. Ushbu Nizomning 112-bandida nazarda tutilgan ustama haqlardan tashqari, ishlamaydigan pensionerlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun qoʻshimcha haq, 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga esa har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmoniga muvofiq eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari amal qilgan qonun hujjatlariga asosan berilgan faxriy unvonlarga ega boʻlgan shaxslarga toʻlovlar amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faxriy unvon uchun, shuningdek 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan pensionerlarga qoʻshimcha toʻlov, pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatining tugashi bilan vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi oʻrtasida uzilish mavjud boʻlgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan pensiyani toʻlash vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda pensiyani toʻlash pensiya toʻlash toʻxtatilgan paytdan, biroq oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan paytdan boshlab davom ettiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan amaldagi ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2-ilova) 12-bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 23-son, 303-modda)