Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Davlatlararo Yevrosiyo koʻmir va metall birlashmasini tuzish toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1993-yil 24-sentabrda Moskva shahrida imzolangan Davlatlararo Yevrosiyo koʻmir va metall birlashmasini tuzish toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
1012-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 21-modda)