Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1993-yil 27-oktabrda Parij shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
1010-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 19-modda)